Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Serbiya va Chernogoriya fuqarolari Yevroittifoq hududiga kiritilmaydi
Xitoy fuqarolari yevropaliklarga Xitoyga kirishga ruxsat berilgan taqdirdagina Yevroittifoq hududiga erkin kirishlari mumkin bo‘ladi.
Endilikda Serbiya va Chernogoriya fuqarolari Yevroittifoq hududiga kira olmaydi. Bunga ushbu mamlakatlarda koronavirus yuqtirish holatlari o‘sgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda.
Bundan buyon YeI hududiga faqat 12 mamlakat – Jazoir, Avstraliya, Kanada, Gruziya, Yaponiya, Marokash, Yangi Zelandiya, Ruanda, Janubiy Koreya, Tailand, Tunis va Urugvay fuqarolari kira olishi mumkin, deb ma'lum qildi Yevroittifoq kengashi.
Xitoy ham xavfsiz mamlakatlar hududidan o‘rin olgan, ammo bu mamlakat fuqarolari yevropaliklarga Xitoyga kirishga ruxsat berilgan taqdirdagina Yevroittifoq hududiga erkin kirishlari mumkin bo‘ladi.
Bryussel xavfsiz mamlakatlar ro‘yxatini yana ikki haftadan keyin yangilaydi.
Iyul boshlarida YeI 14 mamlakat fuqarolariga Yevroittifoq hududiga kirishga ruxsat bergandi.
Mavzuga oid
08:58
Orbansiz sammit: YeI Ukraina bo‘yicha yagona pozitsiyaga keldi
08:22
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni ilk bor bir yilga uzaytirdi
09:45 / 16.06.2026
Ukraina va Moldova YeI a’zoligi sari yana bir qadam tashladi
08:58 / 04.06.2026