Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon viloyatining “Tez tibbiy yordam” bo‘limlariga 16 ta yangi Damas avtomashinalari berildi
16 iyul kuni Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov viloyat aholisiga telemurojaat qilib, viloyatda karantin holatida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida tushunchalar bergan edi.
Mazkur tadbir davomida viloyatning tuman va shahar tibbiyotchilari Sh. Abdurahmonovga aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish uchun joylardagi bo‘linmalarga qo‘shimcha “tez tibbiy yordam” avtomashinalari kerakligi yuzasidan murojaat qilishgan. Viloyat hokimi bu muammo tez kunlarda hal etishini aytgandi.


Bugun, 18 iyul kuni viloyat shoshilinch tez-tibbiy yordam Andijon shahar bo‘linmasida shahar va tumandagi bo‘linmalariga 16ta “Damas” “tez yordam” avtomashinalarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.


Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov “tez yordam” avtomashinalarini o‘z egalariga topshirib, tibbiyotchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Elmurod Ermatov
Mavzuga oid
11:44 / 06.04.2026
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari 50 ming dollar bilan ushlandi
09:17 / 21.03.2026
Andijon viloyatida «Quruq port» quriladi
09:20 / 03.03.2026
819 mln so‘mlik oltinni chegaradan yashirincha olib o‘tishga uringanlar ushlandi
13:24 / 28.02.2026