Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT bosh kotibi dunyoning eng badavlat insonlari boyligiga baho berdi
Dunyodagi eng badavlat 26 kishining boyligi yer yuzi aholisining yarmi boyligiga teng, dedi BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh.
"Tengsizlik – davrimizning asosiy xususiyati. Dunyo aholisining 70 foizdan ortig‘i daromad va boylik o‘rtasidagi farq o‘sib borayotgan sharoitda yashaydi. Dunyodagi eng badavlat 26 kishining boyligi sayyoramiz aholisining yarmi boyligiga teng", - dedi Guterresh.
U tengsizlik faqat daromad, maosh va boylikdagina emasligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, odamlarning hayotda muvaffaqiyatga erishishi ularning "jinsi, oilaviy va irqiy kelib chiqishi, nogironligi va boshqa omillarga bog‘liq".
Guterreshning aytishicha, ko‘pchilik, ayniqsa, tub xalqlar, migrantlar, qochoqlar va kam sonli millatlar uchun tengsizlik kamsitish, suiiste'molliklar va adolat yo‘qligini bildiradi.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026