Prezident Şavkat Mirziyoyev 14 iyul kungi videoselektor yiğilişi avvalida mamlakatdagi epidemiologik vaziyatga töxtalib, bu borada hokimlar va sektor rahbarlariga tegişli topşiriqlar berdi.
«Yana bir marta aytmoqçiman – ayniqsa Toşkent şahar rahbariyatiga, hamma hokimlarga – karantin normalarini qayerda yumşatiş kerak, qayerni yopiş kerakligi böyiça, şahar, viloyat, tuman rahbarlari, özlaring qaror qabul qilişlaring kerak.
Rahbarning eng katta rahbarligi – hozirgi mana şunday oğir şaroitda eng töğri yölni topiş. Eng töğri yölni hududning rahbari biladi. Tuman, şahar, viloyat rahbarlari biladi», – dedi davlat rahbari.
https://ok.ru/videoembed/1582567590591
Prezident COVID-19`ga qarşi vaksina topilişi bilan uni xarid qiliş uçun barça imkoniyatlar işga solinişini aytdi.
«Tezroq olimlar vaksina topganda edi, tezroq, qançaga bölişidan qat'i nazar, xalqimizga yetkazib kelişga hamma çoralarni köramiz. Lekin ming afsus, bu savolga javob yöq.
Şuning uçun bugun şunday topşiriq böldi: törtta sektor alohida öz hududi böyiça dori-darmonning zaxirasini, har bir viloyat, özi öziga yaratadi. Zaxira uç oylik bölişi kerak. Bunga qança mablağ kerak bölsa beramiz, lekin bironta aptekada dori-darmon vositalari qimmatlaşsa, odamlarimizning noroziligiga olib keladi. Mana şuni qattiq nazoratga olişlaring kerak.
Yana bir marta aytaman, zaxiralarimizda hamma narsa bor. Yöği olib kelinyapti. Lekin şu bilan birga, joyiga yetib borişi qiyin bölyapti. Har bir hududda narx-navo har xil bölyapti. Şuning uçun zaxira yaratib, narx-navosiga juda qattiq e'tibor qiliş kerak.
Eng katta masala – bozorda narx-navo kötarilişi kerak emas. Viloyatning törtta rahbari öz hududidagi bozorlarni nazorat qilib turişi kerak. Oziq-ovqat böyiça Özbekistonda muammo yöq. Xudoga ming qatla şukr, hozir pişiqçilik. Hamma narsani xalqimizga arzon, sifatli mahsulot yetkazib beriş çoralarini körişiz kerak. Qişga tayyorgarlikni hozirdan boşlaymiz.
Hokimlarga şunday topşiriq: ertalab bir soat – 8dan 9gaça, keçqurun 21dan 22gaça ijtimoiy tarmoqlardan tuşgan savollarga mukammal javob berasizlar. Xalqimiz hamma narsani bilişi kerak. Mana şunga e'tibor qilamiz», – dedi Şavkat Mirziyoyev.








