Toshkent IIBB boshlig‘i: Toshkent shahrida jinoyatchilik teng yarmiga kamaydi

Bugun, 15 yanvar kuni Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Rustam Jo‘rayev ishtirokida OAV xodimlari bilan brifing bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 2018 yil yakunlari bo‘yicha hisobotlar, jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
Rustam Jo‘rayev bergan ma'lumotlarga ko‘ra, poytaxtda 2018 yil davomida 2017 yilga nisbatan jami jinoyatlar soni 49,05 foizga kamaygan (2017 yilda 14 030ta, 2018 yilda 7 148ta). Shu jumladan, qotillik 69tadan 61taga (-11,6 foiz), og‘ir tan jarohati yetkazish 203tadan 152taga (-25,1 foiz), nomusga tegish 41tadan 14taga (-65,9 foiz), talonchilik 245tadan 120taga (-51 foiz), bosqinchilik 136tadan 64taga (-52,9 foiz), o‘lim bilan bog‘liq YTHlar 194tadan 128taga (-34 foiz), qidiruvda bo‘lgan shaxslar 3219 nafardan 1534 nafarga (-52,3 foiz) kamayishiga erishilgan.
Poytaxtda o‘rnatilgan mobil va statsionar radarlar qayd etgan qoidabuzarliklar ortidan 42 mlrd so‘mdan ortiqroq jarima undirilgan.
Kun.uz muxbirining «Jinoyatchilik ko‘rsatkichlari bu qadar tushishiga hisobga olish uslublari o‘zgartirilgani, ya'ni raqamlarni boshqarish sabab bo‘lmaganmi? 2018 yil va 2017 yil yakunlari bir xil usulda hisoblanganmi?», degan savoliga Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Rustam Jo‘rayev shunday javob berdi:
– Jinoyatchilik ko‘rsatkichlarining bu qadar pasayishi o‘zimiz uchun ham kutilmagan hol bo‘ldi va bu ilmiy tadqiqotlar uchun arzirli ish deb hisoblayman. Bevosita savolga javob beradigan bo‘lsam – hech qanday uslublar o‘zgargani yo‘q, jinoyatchilik chindan ham kamaygan. Bunday yutuqlarga erishishimiz zamirida faqat jinoyatchiga emas, jinoyatni yuzaga keltiruvchi ijtimoiy omillarga – masalan ishsizlikka qarshi butun jamiyat bilan kurashishga kirishilgani sabab bo‘ldi, deb o‘ylayman. Bunda so‘nggi yillardagi islohotlarning ahamiyati katta.
Shuningdek, OAV xodimlari uchun prezident Shavkat Mirziyoyev tashrif buyurgan, poytaxtning Yunusobod tumanidagi, hozirda psixolog, xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi, yong‘in xavfsizligi bo‘limi va tezkor o‘t o‘chirish otryadi, post-patrul xizmati kabi bo‘limlarni o‘zida jamlagan zamonaviy ichki ishlar bo‘limi bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Derazani ochishim bilan tahoratxona portlab ketdi”: Izboskandagi masjiddan reportaj
O‘zbekiston | 15:42
-
Trampning bojlaridan Isroil iqtisodiyoti 3 mlrd dollar yo‘qotishi mumkin
Jahon | 15:31
-
O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2 foizga ko‘paydi
O‘zbekiston | 15:29
-
Brent nefti narxi 2021 yildan beri eng past darajaga tushdi
Jahon | 15:24
Mavzuga oid

17:31 / 13.03.2025
Rossiya koloniyalaridagi xorijliklarning 70 foizi Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari

11:53 / 10.03.2025
Ozodlikdan mahrum qilingan 20 ming kishi, 4 barobarga oshgan talon-torojlar – jinoyatchilik statistikasi

21:50 / 20.02.2025
O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan Turkiya fuqarolari Qozog‘istonda qo‘lga olindi

17:18 / 30.01.2025