O‘zbekiston | 03:20 / 18.07.2020
18636
4 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyati tumanlarining hokimlari murojaat bilan chiqdi. Zarur hollar uchun telefon raqamlari e'lon qilindi

Toshkent viloyati tumanlarining hokimlari aholiga murojaat qilib, karantin tartiblariga amal qilishni so‘radi, hududda dorilar zaxirasi shakllantirilgani va tibbiy yordam sifati yaxshilanayotganini ma'lum qildi.

Foto: KUN.UZ

Toshkent viloyati tumani hokimlari hudud aholisiga murojaat qildi. Bu haqida Toshkent viloyati matbuot xizmati xabar bermoqda.

Piskent tumani hokimi Shuhrat Axmedov o‘z murojaatida aholiga qarindoshlarning holidan xabar olish uchun ularning xonadonlariga borish o‘rniga telefon orqali muloqot qilishni, karantin qoidalariga rioya qilgan holda turli jarimalarga duch kelmaslikni tavsiya qildi.

Shuningdek, tumanda koronavirus tufayli o‘lim holati kuzatilganini ta'kidlab, ogohlikni kuchaytirishni so‘radi va murojaat qilish niyatidan bo‘lganlar uchun tuman rahbarlarining telefon raqamlarini ma'lum qildi:

– tuman hokimi: (99) 822-46-06;
– tuman prokurori: (98) 812 63 31;
– tuman IIB boshlig‘i: (99) 793-33-83;
– tuman DSI boshlig‘i (98) 311-10-86.

«Chinoz tumanida bugungi kunga qadar aholi orasida koronavirusga chalinganlar aniqlangani yo‘q. Lekin koronavirus yuqtirganlar bilan muloqotda bo‘lgan yoki xorijdan qaytgan, koronavirus aniqlangan fuqarolarning aksari tibbiyot muassasalarida, 12 nafari esa uy sharoitida davolanmoqda. Tumanda barcha dori zaxiralari ham yaratilgan.

Men tuman aholisidan birinchi navbatda o‘z-o‘zlari himoya qilishlarini so‘ragan bo‘lardim», – dedi Chinoz tumani hokimi Akmal Madiyev aholiga murojaatida.

Chinoz tumanida faoliyat yuritayotgan koll-markazlar:

– 1273 qisqa raqamli tibbiy-psixologik maslahat markazi;

– 70-593-60-86 – kam ta'minlangan va ehtiyojmand oilalar oziq-ovqat mahsulotlari uchun murojaat markazi.

Bundan tashqari, Chinoz tuman sektori rahbarlarining ham telefon raqamlari ma'lum qilindi:

1-sektor: (98) 170 24 01 – tuman hokimi;

2-sektor: (99) 007 88 66 – tuman prokurori;

3-sektor: (94) 422 41 42 – tuman IIB boshlig‘i;

4-sektor: (90) 905 50 65 – DSI rahbari.

Yangiyo‘l tumani hokimi Farhod Mirzayev ham aholiga murojaat qilib, tuman aholisidan o‘zlariga e'tiborli bo‘lishni so‘radi. Shuningdek, tumanga o‘pkani sun'iy ventilyatsiya qilish apparati olib kelinganini, har bir fuqaro unda tekshiruvdan o‘tish imkoniga ega ekanini va buning uchun fuqarolarga MFYlarda ma'lumot berilishini aytib o‘tdi.

Mirzayevga ko‘ra, Yangiyo‘l tumanida mavjud 57ta dorixonada narx-navo qat'iy nazoratga olingan.

Qibray tumani hokimi Mira'zam Mirkasimov o‘z murojaatida tumanda 1267 raqamli axborot-maslahat markazi ochilgani, oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik puktlarida mobil guruhlari tashkil etilgani, tuman tibbiyot birlashmasida dori zaxirasi shakllantirilganini ma'lum qildi.

Bo‘stonliq tumani hokimi G‘ayrat Madaminov ham aholiga murojaat qilib, murojaatlar bo‘lganda to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zi bilan bog‘lanish uchun telefon raqamini ma'lum qildi:

(97) 879-01-07 – Bo‘stonliq tumani hokimi.

Bekobod tumani hokimi Furqat Xudoyberdiyev tuman aholisiga murojaat qilib, murojaat qiluvchilar uchun mas'ullarning telefon raqamlarini aytib o‘tdi.

1-sektor rahbari: (99) 001-01-48 – tuman prokurori;

2-sektor rahbari: (98) 308-13-23 – tuman IIB boshlig‘i;

3-sektor rahbari: (98) 127-30-03 – tuman DSI bo‘limi boshlig‘i;

4-sektor rahbari (93) 546-94-93, (98) 308-94-93.

Mavzuga oid