Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afrikada o‘limga olib keluvchi kasallik nazoratsiz tarqalmoqda
Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusi keltirib chiqaradigan o‘limga olib keluvchi kasallik nazoratsiz tarqalmoqda.
Reuters axborot agentligi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) favqulodda holatlar bo‘yicha dasturi raisi Mayk Rayanning shu haqdagi so‘zlarini keltirdi.
Hozirgi vaqtda Afrika davlatidagi bemorlar soni 60 nafarga yetgan. JSST dafn marosimlari eng katta xavf tug‘dirishini ta'kidlamoqda. Aynan shu marosimlarda virusning tarqalib keiish xavfi yuqori.
Rayanning ta'kidlashicha, dam olish kunlari Kongoda 3 nafar odamda infeksiyani yuqtirib olish holati aniqlangan. «Kasallik faollashdi va uni nazorat qilish imkonsiz», — dedi u.
1 iyun kuni Kongo Demokratik Respublikasining shimoliy-g‘arbidagi Mbandaka shahrida Ebola epidemiyasi avj olgani qayd etildi. Shundan so‘ng ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida kasallik chekindi. 25 iyun kuni esa JSST mamlakatni Ebola epidemiyasi ustidan g‘alaba qozonganlik bilan tabriklagan edi.
Mavzuga oid
08:31 / 11.07.2026
Afrikada qit’adagi ilk megaaeroport qurilishi boshlandi
08:40 / 09.07.2026
JSST Markaziy Osiyoni jazirama xavfidan ogohlantirdi
18:06 / 08.07.2026
Yevropa va Markaziy Osiyoda jazirama issiqning yangi to‘lqinlari kutilmoqda - JSST
18:29 / 03.07.2026