Sport | 02:21 / 20.07.2020
9367
3 daqiqa o‘qiladi

La Liga. Chempion mavsumni durang bilan tugatdi, yevrokuboklarga yo‘l olgan va Segundaga tushib ketgan barcha jamoalar ma'lum (yakuniy jadval)

Foto: Twitter/LaLiga

Ispaniya chempionatining so‘nggi turidan o‘rin olgan barcha o‘yinlar yakuniga yetdi. 

Bir tur avval chempionlikni rasmiylashtirgan «Real» safarda «Leganes» bilan durang o‘ynadi.

Madridning boshqa bir jamoasi «Atletiko» o‘z uyida «Real Sosedad» bilan murosa yo‘lini tanladi va finishga 3-pog‘onada yetib keldi. 

Ispaniyadan kelasi mavsumda «Real», «Barselona», «Atletiko», «Sevilya» Chempionlar Ligasida, «Vilyarreal», «Real Sosedad» va «Granada» Yevropa Ligasida harakat qiladi. 

«Leganes», «Espanol» va «Malorka» esa Segundaga tushib ketdi.

La Liga, 38-tur, 19 iyul

Leganes – Real 2:2

Gollar: Xil (45), Assale (79) – Ramos (9), Asensio (52).
Leganes: Kuelyar, Siovas, Silva, Rosales, Bustinsa, Xil, Resio (Mesa, 55), Ruibal (Gerrero, 46), Amadu (Aviles, 78), Tarin (Assale, 55), Manu (Oskar Rodriges, 46). 
Real: Areolya, Militao, Mendi, Ramos (Nacho, 46), Vaskes, Isko, Valverde, Asensio (Mariano, 61), Kazemiro (Kroos, 61), Vinisius Junior, Benzema (Yovich, 61).
Ogohlantirishlar: Resio (39), Ruibal (43), Bustinsa (49), Silva (56), Mariano (66).

Alaves – Barselona 0:5
Gollar: Fati (24), Messi (34, 75), Suares (44), Semedu (57).
Alaves: Roberto, Magalyan, Laguardia (Tachi, 46), Marin, Agirregabiria, Mendes, Manu Garsiya (Feysa, 59), Kamarasa (Mahmud, 65), Berk (Rioxa, 46), Xoselu, Lukas Peres (Pere Pons, 46). 
Barselona: Neto, Langle (Semedu, 50), Arauxo, Serji Roberto, Alba, Vidal, Buskets (de Yong, 59), Puch, Fati (Breytueyt, 78), Suares, Messi.

Atletiko – Real Sosedad 1:1
Gollar: Koke (30) – Yanuzay (87).

Granada – Atletik 4:0
Gollar: Soldado (29), Puertas (56), Fernandes (67), Montoro (90+3).

Levante – Xetafe 1:0
Gol: Koke (90+9).

Osasuna – Malorka 2:2
Gollar: Adrian (21), Peres (68) – Agbenenu (45+1), Budimir (65).

Sevilya – Valensiya 1:0
Gol: Regilon (55).

Espanol – Selta 0:0

Vilyarreal – Eybar 4:0
Gollar: Zambo (71), Moreno (86, 89), Gomes (90+4).

Valyadolid – Betis 2:0
Gollar: Gvardiola (45+1), Plano (63).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid