O‘zbekiston | 12:36 / 20.07.2020
6506
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda real vaqtda ishlay oladigan ilk innovatsion telemeditsina klinikasi ish boshladi

Telemeditsina markazi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan respublikaning chekka hududlaridan biri Mo‘ynoq tumanida tashkil etildi.

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi

2020 yilning 17 iyul kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bilan hamkorlikda respublikada ilk bor telemeditsina amaliyotiga start berdi

Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining malakali professor va shifokorlari Mo‘ynoq tumanidagi 18 yoshgacha bo‘lgan surunkali kasalliklari bor bolalarni real vaqtda masofadan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdilar. 

Tibbiy ko‘rik jarayonida bolalar tekshirilib, ularga eng maqbul davo choralari tavsiya qilindi. Yurtimizning chekka hududlaridan biri Mo‘ynoq tumanida istiqomat qiluvchi bolalar mazkur tumanda tashkil etilgan zamonaviy Innovatsion telemeditsina klinikasiga kelib, yurtimizning eng yetuk shifokorlaridan maslahatlar oldilar.

Mazkur Innovatsion telemeditsina markazi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan respublikaning chekka hududlaridan biri Mo‘ynoq tumanida tashkil etildi. Tuman hokimligi ajratgan yer maydonida Bosh prokuraturaning Mo‘ynoqni rivojlantirish maxsus boshqarmasi bilan hamkorlikda mazkur klinika binosi qurib bitirildi hamda AQShning AMD kompaniyasi bilan hamkorlikda telemeditsinaga oid barcha kerakli asbob-uskunalar bilan jihozlandi.

Klinikaning asosiy vazifasi Mo‘ynoq misolida O‘zbekistonda ilk bor chekka hududlarda joylashgan aholini Respublika markazidagi malakali shifokorlar va dunyoni istalgan nuqtasidagi tibbiyot muassasalaridagi mutaxassislar bilan real vaqt oralig‘ida bog‘lanib (onlayn) tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish, terapevtik davo maslahatlarini olish imkonini beradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid