Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya Rossiyaning saylovlarga aralashuvi to‘g‘risidagi razvedka hisobotini e'lon qildi
Ta'kidlanishicha, Rossiya 2014 yilda Shotlandiya mustaqilligi bo‘yicha referendumga ta'sir o‘tkazishga uringan.
Buyuk Britaniya hukumati saytida Rossiyaning mamlakat siyosiy hayotiga aralashuvi to‘g‘risidagi hisobot e'lon qilindi.
Britaniya parlamentining razvedka bo‘yicha qo‘mitasi bir yil davomida Moskvaning turli saylov kampaniyalariga aralashuvini o‘rganib chiqdi. Hisobot to‘qqiz bo‘limdan iborat bo‘lib, ayrim bo‘limlar kibersoha, dezinformatsiya va Britaniyadagi rossiyaliklarga bag‘ishlangan. Unda oligarxlarning Londondagi noqonuniy mablag‘ aylantirishlari va Kreml siyosiy ta'sirini ilgari surishlari aytilgan.
Ta'kidlanishicha, Rossiya 2014 yilda Shotlandiya mustaqilligi bo‘yicha referendumga ta'sir o‘tkazishga uringan. Shu bilan birga, britaniyalik deputatlar Rossiyaning 2016 yildagi Birlashgan Qirollikning Yevroittifoq tarkibidan chiqishi bo‘yicha referendumga aralashuvini tasdiqlaydigan dalillarni aniqlamagan.
Ushbu hujjat 2019 yil martda tayyorlangan bo‘lib, hukumat uning e'lon qilinishini bir necha marta ortga surgan.
Mavzuga oid
10:40 / 18.06.2026
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
08:45 / 18.06.2026
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
22:32 / 17.06.2026