Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
London birinchi marta eng ommabop turistik yo‘nalishlar yuqori o‘ntaligiga kirmadi
Bir yil avval bron qilishlar soni bo‘yicha yetakchilik qilgan Britaniya poytaxti bu yilgi reytingda 11-o‘rindan joy oldi.
London tarixda birinchi marta Yevropadagi eng ommabop turistik shaharlar ro‘yxatining yuqori o‘ntaligiga kirmadi. Bu haqda MarketWatch nashri ForwardKeys kompaniyasi tadqiqotlariga tayanib xabar berdi.
Bir yil avval bron qilishlar soni bo‘yicha yetakchilik qilgan Britaniya poytaxti bu yilgi reytingda 11-o‘rindan joy oldi. ForwardKeys ma'lumotiga ko‘ra, ayni paytda shaharda bron qilishlar hajmi 2019 yilgi ko‘rsatkichning 5 foizga yaqinini tashkil etmoqda.
"London turistlar uchun dunyodagi eng ommabop yo‘nalishlardan biri. Uning yuqori o‘ntalikdan chiqib ketishi COVID-19 pandemiyasi oqibatlari qanchalik dahshatli ekanligini ko‘rsatadi", - deydi ForwardKeys vitse-prezidenti Olive Ponti.
Tadqiqot natijalari aviakompaniyalar, mehmonxona va turistik operatorlar aksiyalariga mablag‘ kiritadigan investorlar uchun ogohlantirish bo‘lishi mumkin, deb yozadi MarketWatch.
Mavzuga oid
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
11:00 / 12.06.2026
O‘zbekistonda har yili “Ochiq turizm mavsumi” dasturi o‘tkaziladi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
22:50 / 03.06.2026