Jahon | 08:32 / 21.07.2020
2010
2 daqiqa o‘qiladi

Vengriya O‘zbekistonning yadro energetikasiga oid loyihalarida ishtirok etishi mumkin

Vengriya atom elektr stansiyasini qurish va yadro energetikasida ilmiy almashinuv sohasidagi hamkorlikka tayyor ekanligi ma'lum qilindi.

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

2020 yil 16 iyul kuni Toshkentda O‘zbekiston Energetika vazirligi rahbariyatining Vengriya tashqi ishlar va tashqi savdo vaziri Peter Siyyarto boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuv Vengriya delegatsiyasining O‘zbekistonga rasmiy safari doirasida bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida Vengriya tomonidan energetika sohasida, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi qoshidagi “O‘zatom” agentligi va Vengriyaning yadro energetikasi sohasidagi MVM Paksi Atomeromu Ltd. ilmiy markazi darajasida atom elektr stansiyasini qurish va yadro energetikasida ilmiy almashinuv sohasidagi hamkorlikka tayyor ekanligi ma'lum qilindi.

Vengriyaning ENIOX kompaniyasi tomonidan yirik issiqlik stansiyalarida, shu jumladan AESda muvaffaqiyatli qo‘llaniladigan qaytadigan suvlarni sovitishning “quruq” usulidan foydalanish imkoniyatlari muhokama qilindi. Ushbu kompaniyaning boy tajribasi eng avvalo, suv resurslari bo‘yicha muayyan taqchillik mavjud bo‘lgan qurg‘oqchil hududlarda foydalanish ko‘zda tutilmoqda. Vengriya tomoni ENIOX kompaniyasi ushbu loyihada ishtirok etgan taqdirda “Eksim Banka Vengriya” tomonidan 130 mln. yevroga teng qiymatda moliyalashga tayyor ekanligini ma'lum qildi.
 
Vengriya tomonidan o‘zaro hamkorlikning ta'limga oid jihati ta'kidlandi, bu borada rivojlanish tendensiyasi kuzatilmoqda. Ya'ni, O‘zbekistonlik talabalar uchun kvota 30dan 100 kishigacha ko‘paytirildi, uning doirasida atom energetikasini o‘rganish dasturini Budapesht politexnika universitetida joriy etish taklif qilinmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid