O‘zbekiston | 08:19 / 22.07.2020
1579
2 daqiqa o‘qiladi

Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik missiyasi dekabrda O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Rafael Grossi O‘zbekiston yadro dasturining amalga oshirilishi jarayonidan juda mamnunligini qayd etdi.

2020 yil 20 iyul kuni Vena shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Sherzod Asadov BMT bosh kotibining o‘rinbosari, BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi (BMT GMJQKB) ijrochi direktori Gada Vali, Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) bosh direktori Rafael Grossi va BMT Sanoatni rivojlantirish tashkiloti (UNIDO) bosh direktori Li Yong bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

AEXA tomonidan O‘zbekiston yadroviy infratuzilmasini rivojlantirishdagi muvaffaqiyatli hamkorlik, xususan, joriy yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan respublikaning yadroviy infratuzilmasini kompleks baholash bo‘yicha missiyaga birgalikda tayyorgarlik ko‘rish yuqori baholandi.

Agentlik rahbari Rafael Grossi O‘zbekiston yadro dasturining amalga oshirilishi jarayonidan juda mamnunligini hamda yangi yadro davlatlari uchun O‘zbekiston AEXA bilan munosabatlarni qurish bo‘yicha namuna ekanligini qayd etdi, deyiladi Tashqi ishlar vazirligi xabarida.

Ta'kidlanishicha, AEXA rahbari texnik kooperatsiya loyihalari doirasida O‘zbekiston bilan, xususan Namangan onkologik dispanseri, Respublika endokrinologiya markazi, Samarqand davlat universiteti va Toshkent shahar onkologiya va radiologiya markazi bilan hamkorlik qilish muhimligini ta'kidlagan.

Mavzuga oid