Jahon | 17:54 / 22.07.2020
6496
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliya prezidentining koronavirusga topshirgan uchinchi testi musbat chiqdi

65 yoshli prezident Braziliya shtatlarida koronavirus tarqalishiga qarshi kiritilgan cheklov choralarini tanqid qilib keladi.

Foto: REUTERS / Adriano Machado

Braziliya prezidenti Jair Bolsonaruning koronavirusga topshirgan uchinchi testi musbat chiqdi. Bu haqda prezident ma'muriyatiga tayanib G1 portali xabar berdi.

"Prezident Jair Bolsonaru sog‘-salomat, shifokorlar kuzatuvida.. Prezident 21 iyul kuni topshirgan test musbat chiqdi", - deyiladi xabarda.

Braziliya rahbarida 7 iyul kuni kasallik aniqlangandi, u o‘shandan buyon o‘z qarorgohida izolyatsiyada bo‘lib turibdi.

Bolsonaru yakshanba kuni qarorgohida bir necha yuz nafar tarafdorlarini qabul qildi. 65 yoshli prezident Braziliya shtatlarida koronavirus tarqalishiga qarshi kiritilgan cheklov choralarini tanqid qilib keladi.

Mart oyida Bolsonaru koronavirusni "kichikroq gripp" deb atagandi.

 

Mavzuga oid