Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaru Braziliadagi uyida uy qamoğiga olindi. Unga mobil telefonlardan foydalaniş taqiqlangan va faqat çeklangan miqdordagi odamlar bilan muloqot qiliş huquqiga ega. Bunday qaror 4 avgust, duşanba kuni Oliy sud sudyasi Aleksandr di Morayec tomonidan qabul qilindi. Hujjat sud saytida e’lon qilingan.

Morayec hukmni Bolsonaruning 3 avgust kuni intenet-aloqa orqali tarafdorlariga murojaat qilgani va nutqdan parçalar ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingani bilan asoslanadi. Sudya buni adliya tizimiga bosim ötkazişga uriniş deb hisobladi.

Braziliyaning 70 yoşli sobiq prezidenti 2022 yilgi saylovlarda mağlubiyatga uçragan Luis Inasiu Lula da Silva hukumatini ağdarişga uringanlikda ayblanmoqda. 2023 yil 8 yanvarda Bolsonaru tarafdorlari Lula lavozimga kirişganidan köp ötmay Braziliyadagi Kongress, Oliy sud va prezident saroyiga bostirib kirdi.

19 iyul kuni Bolsonaruga elektron bilaguzuk braslet taqildi, tunda uyda qoliş buyurildi va ijtimoiy tarmoqlardan foydalaniş taqiqlandi. Bolsonaruga qarşi sud jarayoni yakuniy bosqiçga kirdi. Sobiq prezident «demokratik huquqiy tartibni buzişga uriniş»da ayblanmoqda.