Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyaning eng kichik qishlog‘ida 8 yilda ilk marta chaqaloq tug‘ildi
Italiyaning eng kichik qishlog‘i aholisi so‘nggi 8 yilda ilk marta chaqaloq tug‘ilishini bayram qilishmoqda.
Foto: @Comune di Morterone
Lombardiyaning tog‘li hududida joylashgan Morterone qishlog‘i aholisining soni bir nafarga ko‘paydi va endi 29ni tashkil qiladi. Yaqinda bu yerda so‘nggi 8 yilda ilk marotaba bola tug‘ildi. Unga Denis deb ism qo‘yishdi.
«Bu qishloq aholisi uchun haqiqiy bayram», - dedi Morterone meri Antonella Invernitssi.
Denis Lekko shahridagi tug‘ruqxonada dunyoga keldi, uning vazni 2,6 kg. An'anaga muvofiq uning ota-onasi Matteo va Sara uyining eshigiga ko‘k rangli lentani osib qo‘yishdi. So‘nggi bor qishloq aholisi bunday (pushtirang) lentani 2012 yilda, qiz tug‘ilganda ko‘rishgan edi.
Sara homiladorlikni pandemiya davrida o‘tkazdi va bu oson bo‘lmaganini ta'kidlamoqda.
«Pandemiya davrida homilador bo‘lish osonmas ekan. Uydan chiqib, o‘z yaqinlaringizni ko‘rish uchun borolmas ekansiz», - dedi u.
The Guardian xabariga ko‘ra, Italiyada tug‘ilish darajasi yildan yilga pasaymoqda. 2019 yilda mamlakatda 420 mingdan ortiq bola tug‘ilgan. Bu esa 1861 yildan beri eng past ko‘rsatkichdir. Italiyada taxminan 60,5 mln aholi istiqomat qilyapti.
Mavzuga oid
10:40 / 24.01.2026
Germaniya va Italiya hamkorlikni chuqurlashtirishga kelishib oldi
22:40 / 19.01.2026
Mashhur Valentino modalar uyi asoschisi vafot etdi
13:37 / 14.01.2026
Germaniya, Fransiya, Italiya va Britaniya Eron elchilarini TIVga chaqirdi
15:11 / 10.01.2026