O‘zbekistonda 2020 yilning birinchi yarim yilligida 3896 shaxs ozodlikdan mahrum qilingan
O‘zbekistonda 2020 yilning birinchi yarim yilligida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 17 251 nafar shaxsga nisbatan 13 990 ta ish ko‘rib chiqilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, Mazkur ko‘rsatkichlar 2019 yilning shu davriga nisbatan shaxslar bo‘yicha — 8, ishlar bo‘yicha esa 2 foizga kamaygan.
Jumladan, 363 nafar shaxs oqlangan va reabilitatsiya qilingan, sudlangan shaxslar soni 12 748 nafarni tashkil etib, shundan 3 896 nafar shaxsga ozodlikdan mahrum qilish va 8 852 nafariga boshqa turdagi jazolar tayinlangan, 545 nafar shaxs shartli hukm qilingan.
Sudlangan shaxslarning 11 401 nafari erkaklar, 1 347 nafari ayollar, 4 954 nafari yoshlar, 257 nafari voyaga yetmaganlar va 396 nafari 60 yoshdan oshgan kishilardir.
Shuningdek, 1 455 nafar shaxs ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlanishi munosabati bilan sud zalidan ozod qilingan, 10 331 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan, 3 234 nafariga tayinlangan jazosi yengili bilan almashtirildi, 2 505 nafar shaxsga nisbatan dastlabki tergov organlari tomonidan asossiz ravishda qo‘yilgan moddalar ayblovdan chiqarib tashlangan yoki qayta malakalangan.
115 nafar yoshlarga, 23 nafar ayolga va 386 nafar shaxsga kafolat xatlari asosida ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan.
O‘tgan yilning shu davriga nisbatan ayrim jinoyat turlari, xususan, qasddan odam o‘ldirish, bosqinchilik, talonchilik, o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, firibgarlik, o‘g‘rilik, qasddan badanga og‘ir va o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish, odam savdosi, mansab soxtakorligi, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qilish kabi jinoyatlar uchun sudlanganlik ko‘rsatkichlari kamaygan.
Hisobot davrida yarashuv institutining samarali qo‘llanilishi natijasida 3 535 nafar shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan.
Yetkazilgan 118,5 mlrd. so‘mdan ziyod moddiy zararning o‘rnini qoplagan 1 319 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlangan.
3 646 ta jinoyat ishi, ya'ni barcha ishlarning qariyb 26,1 foizi sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqilgan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay'ati tomonidan nazorat tartibida 808 nafar shaxsga nisbatan 661 ta ish ko‘rib chiqilgan. 519 nafar shaxsga nisbatan quyi sudlar tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilingan va 197 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirilgan.
Mavzuga oid
19:20 / 21.10.2024
Toshkentda sudyalar uchun Germaniya va Sloveniya tashkilotlari hamkorligida seminar-trening boshlandi
14:44 / 21.09.2024
Senatda Oliy sud raisiga o‘rinbosarlar saylandi
08:25 / 01.08.2024
Amerikalik 34 yillik qamoqdan keyin oqlandi
21:57 / 23.07.2024