Fikrimizça, ayni paytda quyidagi tavsiyalarni amalga oşiriş foydadan xoli bölmaydi.

1. Şifokorlar

Kasallik bilan kuraşayotgan şifokorlar bemorlarga biror dorini tavsiya qilayotganlarida albatta bu dori topilmasa, qanday analoglarini qabul qiliş kerakligini bildirib ketişlari maqsadga muvofiq.

«Şifokor qonni suyultiradigan bir dori yozib bergandi. Şaharning hamma burçagiga borib keldik – yöq, tugagan! Boşqasini qabul qilsa böladimi, deb söramoqçi bölsak, endi aloqa yöq. Ularni ham tuşuniş kerak, tun-u kun işlaşyapti», – deyiladi bir murojaatda.

Mahalliy işlab çiqaruvçilarning mahsulotlari, xorijiy preparatlarning analoglari kengroq tuşuntirilişi kerak, toki bemorning yaqinlari bir dorini izlab vaqt yöqotmasinlar. Tanqislik vaqtida bu juda muhim.

2. Kislorod beruvçi moslamalar

Yana bir murojaat: «Ota-onam, ammalarim şu kasallikka çalinib qolişdi. Yoşlari katta, xavotirlanamiz albatta. Kislorod beriş zarurati tuğildi, oksigeneratorlar sotuvda yöq, buyurta bir neça kun, balki oydan keyin yetib keladi. Qölbola kislorod ballonlaridan yasalgan moslamalarning köplab qismlarini ham izlab topa olmadik. Ustalar özlariça yasaşyapti, lekin tolomon bölib ketyapti».

Bir qaraşda uy şaroitida qölbola moslamalardan, ayniqsa kislorod kabi yonuvçan gazlardan foydalaniş xavfli. Lekin yaqin insonining joni oğrib turgan odam köziga bu xavf körinmaydi, nima qilib bölsa ham yordam beriş payiga tuşadi.

Avvalo, faoliyati temirçilikka yaqin sexlarga katta miqdorda kislorod ballonlari va tarkibiy qismlar böyiça buyurtma beriş kerak. Talab katta, juda murakkab mahsulot emas, köplab iş örinlari degani yana. Bu örinda davlat faqat muvofiqlaştiruvçi böladi xolos, xarajat talab qilinmaydi. Aholi öz puliga sotib olişga tayyor. Pandemiya keçişiga köra, hali bu mahsulotga talab susaymaydi.

Şuningdek, kimyogar va fiziklar, umuman soha bilimdonlari bu moslamalardan uy şaroitida qanday foydalaniş böyiça OAV orqali keng qamrovli tuşuntirişlar berişlari lozim. Albatta, bu moslamalar qandaydir standartlarga mos emasdir, foydalaniş xavflidir. Lekin vaziyatga real qaraş kerak – juda köpçilik bu moslamalardan foydalanyapti va ularning boşqa iloji yöq.

3. SSV statistikasidagi ölimlar soni böyiça şubhalar