Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Karantin qoidalarini buzganlik uchun ma'muriy bayonnoma bo‘yicha sudga murojaat qilish mumkin – Adliya vazirligi
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, fuqarolar karantin qoidalarini buzganlik uchun rasmiylashtirilgan bayonnomadan norozi bo‘lsa, belgilangan tartibda sudga murojaat qilishi mumkin.
AOKAda Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara O‘rinboyeva ishtirokidagi brifingda karantin davrida fuqarolar o‘z huquq va erkinlarini buzilgan deb hisoblasa, qayerga murojaat qilishi mumkinligi haqida ma'lumot berildi.
“Fuqarolar o‘z huquqlarini buzilgan deb hisoblagan holatlar bo‘yicha sudga murojaat qilishlari mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Prezidiumining qaroriga asosan, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida fuqarolar hujjatlarini sudga faqat elektron shaklda yoki pochta orqali taqdim etishlari tavsiya etilgan.
Shuningdek, sudlarga shoshilinch ishlar – (qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash, qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish, fuqarolarni tibbiyot muassasalariga joylashtirish, ma'muriy qamoqqa olish, fuqarolarni ruhiy kasalliklar muassasasiga majburiy joylashtirish (u yerda bo‘lish muddatini uzaytirish), fuqarolarni sil kasaliga qarshi muassasaga majburiy joylashtirish (u yerda bo‘lish muddatini uzaytirish), fuqarolarni muomala layoqatini belgilash (muomalaga layoqatli deb topish) hamda buyruq tartibida ish yuritishni hal qilishga doir ishlarni ko‘rib chiqish tayinlangan”, deya vazirlik rasmiysining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
20:49 / 29.05.2026
Rossiya O‘zbekistonning 10 ta korxonasiga sabzavot va mevalarni olib kirishni taqiqladi
08:45 / 20.05.2026
O‘simliklar karantini agentligi direktori yangi vazifaga o‘tdi
19:09 / 11.05.2026
Rossiyada o‘zbek asalarilari ortilgan yuk mashinasi bir oydan beri qidirilmoqda
21:55 / 26.04.2026