O‘zbekiston | 00:43 / 23.07.2020
89470
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik o‘sish holatlari soni pasaydi

22 iyul kuni O‘zbekistonda yana 498 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yildi va jami kasallanish holatlari soni 18379taga yetdi.

«Shu yilning 22 iyul kuni mamlakatimizda 498 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 93 nafari Karantin muassasalarida, 405 nafari tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi vazirlik xabarida.

Bugun respublikaning 9 hududida yangi holatlar aniqlandi. Shu bilan birgalikda, kunlik o‘sish 16 iyuldan (485 holat) beri ilk marta 500dan pastga tushdi - 17 iyul kuni 541, 18 iyul kuni 579, 19 iyul kuni 566, 20 iyul kuni 562, 21 iyul kuni esa 567 holat qayd etilgandi.

22 iyul, yangi holatlar

  • Toshkent viloyatidagi Karantin markazida – 93 holat.

Profilaktika maqsadida va koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida - 405

  • Toshkent shahrida 191 holat;
  • Andijon viloyatida 61 holat;
  • Surxondaryo viloyatida 50 holat;
  • Buxoro viloyatida 47 holat;
  • Qashqadaryo viloyatida 19 holat;
  • Namangan viloyatida 16 holat;
  • Xorazm viloyatida 13 holat;
  • Samarqand viloyatida 8 holat.

Tuzalganlar (+351)
Bugun O‘zbekistonning 9 hududida jami 351 nafar bemor tuzaldi (kunlik rekord ko‘rsatkich) va shu vaqtgacha kasallikdan sog‘ayib chiqqanlar soni 9872 nafarga yetdi.

Shuningdek, Toshkent, Surxondaryo va Qoraqalpog‘istonda bittadan, jami 3 o‘lim (kunlik o‘limlar soni bo‘yicha so‘nggi 8 kundagi eng past ko‘rsatkich) qayd etilib, jami o‘limlar soni 98taga yetdi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 18 379 nafar bemordan 9 872 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 53 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 8 409 nafar bemordan 102 nafari og‘ir, 27 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid