«Shu yilning 16 iyul kuni mamlakatimizda 485 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 97 nafari Karantin muassasalarida, 349 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 39 nafari aholi orasida aniqlangan», deyiladi vazirlik xabarida.
Bugun respublikaning 7 hududida yangi holatlar aniqlangan.
Karantin markazi (+97)
Xorijdan kelgach Toshkent viloyatidagi O‘rtasaroy karantin markaziga joylashtirilgan fuqarolar orasida 97 holat aniqlandi.
Koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olinganlar (+349)
- Toshkent shahrida 245 nafar;
- Surxondaryo viloyatida 35 nafar;
- Toshkent viloyatida 34 nafar;
- Qoraqalpog‘istonda 17 nafar;
- Namangan viloyatida 9 nafar;
- Navoiy viloyatida 6 nafar;
- Farg‘ona viloyatida 3 nafar.
Aholi orasida (+39)
Toshkent shahrida bugun yana 284 kishida koronavirus chiqdi, shundan 39 holat aholi orasida qayd etildi.
Tuzalganlar (+128)
- Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 95 nafar;
- Namangan viloyatida 10 nafar;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 9 nafar;
- Navoiy viloyatida 7 nafar;
- Xorazm viloyatida 4 nafar;
- Buxoro viloyatida 3 nafar.
Shu vaqtgacha O‘zbekistonda kasallikdan tuzalib chiqqanlar soni 8783 nafarga (58 foiz) yetdi.
Bugun 4 o‘lim qayd etildi va jami o‘limlar soni 75taga yetdi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 6208 nafar bemordan 58 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.











