O‘zbekiston | 01:01 / 19.07.2020
118967
2 daqiqa o‘qiladi

11ta hududda yangi holatlar aniqlandi. Ilk marta ketma-ket ikki kun kasallanganlar soni 500dan oshdi

18 iyul kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari soni 579taga oshib, jami kasallanganlar 16186 nafarga yetdi.

Shu kungacha kunlik ko‘rsatkich 500dan oshishi ikki marta kuzatilgan edi. Dushanba, 13 iyul kuni kasallanganlar 594taga oshib, rekord qayd etilgan bo‘lsa, kecha – 17 iyulda 541 kishida virus tasdiqlangandi.

18 iyul kuni 124 kishi tuzalgani ma'lum bo‘ldi va ayni paytda jami sog‘ayganlar 9127 nafarni tashkil etmoqda. Qurbonlar soni 4 nafarga ortib, kamida 83 nafarga yetdi.

Ayni paytda mamlakatda 6976 kishi COVID-19'dan davolanmoqda. Ulardan qanchasi ambulator, qanchasi statsionar sharoitda davolanayotgani haqida ma'lumot yo‘q.

18 iyul, yangi holatlar:

  • Karantin markazida – 138 (barchasi xorijdan kelgan)

Profilaktika maqsadida va koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida:

  • Toshkent shahrida – 216 nafar
  • Sirdaryo viloyati – 75
  • Andijon viloyati – 40
  • Buxoro viloyati – 25
  • Toshkent viloyati – 22
  • Samarqand viloyati – 21
  • Jizzax viloyati – 19
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 9
  • Namangan viloyati – 9
  • Navoiy viloyati  – 4
  • Surxondaryo viloyati  – 1

Tuzalgani tasdiqlangan jami 124 bemorning:

  • 55 nafari – Namangan viloyati;
  • 33 nafari – Andijon viloyati;
  • 31 nafari – Toshkent shahri;
  • 5 nafari – Navoiy viloyatiga to‘g‘ri keladi.

Ayni paytda davolanayotgan 6976 nafar bemordan 71 nafari og‘ir, 21 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Respublika bo‘yicha 60 552 kishi uy karantinida, 22 871 kishi esa statsionar sharoitda tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Mavzuga oid