O‘zbekistonda ACWA Power bilan hamkorlikda umumiy quvvati 1000 MVt bo‘lgan 2ta shamol elektr stansiyasi quriladi
Buxoro hamda Navoiy viloyatlarining Peshku, G‘ijduvon va Konimex tumanlari umumiy quvvati 1000 MVt bo‘lgan 2 ta shamol elektr stansiyalarini qurish uchun tanlandi.
2019 yilning 20 sentyabrida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Energetika Investitsion forumi doirasida, Energetika vazirligi va ACWA Power (Saudiya Arabistoni) kompaniyasi o‘rtasida quvvati 500 MVt.dan 1000 MVt.gacha bo‘lgan shamol elektr stansiyasi qurish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.
Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilning 5 mart kuni Energetika vazirligi va ACWA Power kompaniyasi o‘rtasida O‘zbekistonda umumiy quvvati 500 – 1000 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirish kelishuvi imzolandi.
Ushbu kelishuvlarga asosan, mutaxassislar tomonidan Respublika bo‘ylab bir qancha yer maydonlari har tomonlama o‘rganib chiqildi va Buxoro hamda Navoiy viloyatlarining Peshku, G‘ijduvon va Konimex tumanlari umumiy quvvati 1000 MVt bo‘lgan 2 ta shamol elektr stansiyalarini qurish uchun tanlandi.
Loyihaning umumiy qiymati 1 milliard AQSh dollari deb baholanmoqda. U 100 foiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya mablag‘larini jalb qilish orqali barpo etiladi.
Loyiha doirasida investor bilan elektr energiyasini sotib olish va investitsiya shartnomalari imzolanadi va natijada 25-30 yil davomida Respublikamizni yashil energiya manbalari orqali ishlab chiqarilayotgan elektr energiya bilan ta'minlash imkoniyati yaratiladi.
Qayd etilishicha, hozirda tanlangan yer maydonlarida shamol ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun yuqori malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislar jalb qilingan bo‘lib, ular tomonidan shamol o‘lchash uskunalari (machtalar) o‘rnatilmoqda. Ushbu uskunalar 100 metr balandlikda bo‘lib, shamolning tezligi, yo‘nalishi, davomiyligi va bundan tashqari ob-havo ma'lumotlarni o‘lchaydi va saqlab boradi.
Tavsiya etamiz
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiyada mehmonxonada sodir bo‘lgan yong‘in qurbonlari soni 76 kishiga yetdi
Jahon | 12:06
-
Tramp: AQSh sun’iy intellektni rivojlanishiga 500 mlrd dollargacha sarmoya kiritadi
Jahon | 12:00
-
“Pulni savatga qo‘y va ketaver” – IIB xodimlari Registonga borgan sayyohdan 50 ming so‘m so‘radi
O‘zbekiston | 11:52
-
Tramp Yevropa Ittifoqi va Xitoyga yangi bojlar bilan tahdid qilmoqda
Jahon | 11:15
Mavzuga oid
22:40 / 05.11.2024
Mudofaa «yashil energetika»ga qarshi: Shvetsiya 13 ta shamol generatori qurilishiga ruxsat bermadi
14:29 / 22.07.2024
ACWA Power 2 ta shamol elektr stansiyasidagi 35 foiz ulushini sotdi
23:05 / 04.06.2024
Prezident ACWA Power kompaniyasi bilan energetikani rivojlantirish masalasini muhokama qildi
14:00 / 27.11.2023