Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Yangi O‘zbekistonning energiya manbai bu - Siz, hurmatli Prezident" - ACWA Power kompaniyasi raisi
Energetika sohasidagi obektlar va yirik loyihalarni ishga tushirishga bag‘ishlangan tantanali marosimda "ACWA Power" kompaniyasi raisi va "Vision Invest" kompaniyasi direktorlar kengashi a’zosi Muhammad Abunayan so‘zga chiqib, Prezident Shavkat Mirziyoyevning investitsiyalarni jalb qilish va energetika sohasidagi faoliyatini yuksak baholadi.
Hurmatli marosim qatnashchilari, so‘z navbati Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi boshqaruv raisi Muhammad Abunayyan janoblariga.
“Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Hurmatli prezident janobi oliylari, mehmonlar, xonimlar va janoblar, prezident janobi oliylari, siz investorlarga minnatdorlik bildirmang. Aksincha ularning barchasi sizga rahmat aytishi kerak. Siz investorlarning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun o‘ziga xos muhit yaratdingiz. Biz sarmoya kiritayotgan barcha loyihalar doimo sizning ko‘magingiz bilan amalga oshiriladi. Buning uchun barcha investorlar sizga minnatdorlik bildiradi. Bugungi kunda energetika sohasida amalga oshirilayotgan va bugun ishga tushiriladigan loyihalar siz va hukumatingiz tomonidan energetika sohasidagi islohotlarga katta e’tibor qaratilayotganining bevosita isbotidir.
Har bir investor sizning qo‘llab-quvvatlashingizni doimo his qiladi. Prezident janobi oliylari, butun dunyo sizdan investorlar bilan ishlashni va investitsiyalarni jalb qilishni o‘rganishi kerak. Bu nafaqat energetika sohasidagi loyihalarga, balki barcha tarmoqlarga, mamlakatlar iqtisodiyotining boshqa sohalariga taalluqlidir. Muhtaram prezident janobi oliylari, siz amalga oshirayotgan ishlar, ularning natijalari bilan muqaddas O‘zbekiston zaminida yashayotgan butun xalq faxrlanishi kerak. Chunki hamma rahbarlar ham, hamma davlatlar ham bunday natijalarni ta’minlashga, bunday chuqur islohotlarni amalga oshirishga qodir emas. Sizning harakatlaringiz o‘sib kelayotgan avlodga o‘rnak bo‘larli. O‘zbekiston yoshlari, yigit-qizlari yetakchi ta’lim maskanlarida tahsil olayotgani, xalqaro fan olimpiadalarida yuksak natijalarga erishayotganini ko‘rib turibmiz. Bularning barchasi yangi O‘zbekistonning naqadar to‘g‘ri yo‘ldan ketayotganligini ko‘rsatadi. Albatta, sizning qo‘llab-quvvatlashingiz tufayli shunday muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar. Bu yoshlar, albatta, o‘zbek xalqining faxriga aylanadi. Bu esa ilm-fan, ta’lim sohasi rivojiga naqadar katta e’tibor qaratayotganingizni yaqqol ko‘rsatadi. Sizning rahbarligingizda yangi O‘zbekistonda tom ma’noda inqilobiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Sakkiz yil davomida mamlakatingiz oldinga katta qadam tashladi. Energetika sohasida bildirgan barcha fikrlaringizga qo‘shilgan holda, energiya davlatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichi ekanini ta’kidlamoqchiman. Yangi O‘zbekistonning asosiy energiya manbai esa bu siz, hurmatli prezident. Siz ilhom manbai bo‘lib, butun xalqqa o‘rnak bo‘lib kelyapsiz. Siz o‘z kuchingiz, bilimingiz va g‘ayratingizni ayamaysiz. Siz nafaqat o‘z xalqingizni, balki boshqa mamlakatlardagi hamkasblaringizni ham shunday global islohotlarni boshlashga ilhomlantiryapsiz. Men doimo e’tibor qaratadigan ikkita jihat bor. Hozir shunga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Mana shu sakkiz-o‘n yil ichida siz qilgan ishlar, hurmatli prezident, erishilgan natijalar tarix sahifalariga muhrlandi. Ular O‘zbekiston solnomasiga zarhal harflar bilan yoziladi. Albatta, biz O‘zbekiston bilan hamkorlikda ishlashni davom ettirishga hamisha tayyormiz va bu biz uchun katta sharafdir. Saudiya Arabistonining yetakchi kompaniyalari va investorlari mamlakatingizga kelib, loyihalaringizda ishtirok etishga tayyor. Chunki bu yerda investorlar faoliyati uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Sizning jamoangiz bir maqsad yo‘lida birlashib harakat qilyapti. Men juda ko‘p xorijiy mamlakatlarda bo‘laman va har doim har qanday minbardan O‘zbekistonni misol qilaman. O‘zbekistonga boring, u mamlakatda yaratilgan sarmoyaviy muhit bilan albatta tanishing deyman. Men O‘zbekistonga yorqin kelajak tilayman. Doimo duo qilamiz. Uzoq umr ko‘ring. Toki siz va O‘zbekistondan taralayotgan energiya dunyoning barcha mamlakatlariga taralib tursin, dedi Muhammad Abunayan.
Mavzuga oid
16:24 / 05.12.2025
Saida Mirziyoyeva "ACWA Power" kompaniyasi raisi bilan uchrashdi
14:29 / 22.07.2024
ACWA Power 2 ta shamol elektr stansiyasidagi 35 foiz ulushini sotdi
23:05 / 04.06.2024
Prezident ACWA Power kompaniyasi bilan energetikani rivojlantirish masalasini muhokama qildi
14:00 / 27.11.2023