Kun.uz saytining navbatdagi mehmoni - Tojikiston poytaxti Duşanbe şahridan bölgan şifokor Rahimjon Ibragimov. Qardoşimiz bilan Tojikistondagi vaziyat, ikki davlatdagi kasallik keçişi böyiça öxşaşliklar va farqlar haqida gaplaşdik.

– Rahimjon aka, Özbekistondan salom. Bizdagi vaziyatni kuzatib boryapsizmi?
– Sizlarga ham Duşanbedan salom. Ha, Özbekistondagi vaziyatni muntazam kuzatamiz. Nafaqat kuzatamiz, balki duolarimizda eslaymiz, Allohdan şu sinovlar tezroq arişini söraymiz. Bu ikki davlat, ikki millat hamişa bir-biri haqida qayğurgan.
Albatta, Özbekistonda sönggi kunlarda kuzatilayotgan holatdan xavotirdamiz va bu manzara bizga juda yaxşi taniş. Çunki bizning Tojikiston ham bunday kunlarni, vahimali onlarni boşdan ötkazdi.
– Tojikistonda kasallik ortda qoldi, deb öylaysizmi?
– Bunday deyişga hali erta. Lekin keskin köpayiş, sarosimali davr ortda qoldi, deb aytiş mumkin. Eng muhimi – odamlarimizda xotirjamlik va bu kasallikni yengiş mumkinligiga işonç paydo böldi. Pandemiyada esa bu nihoyatda muhim.
Özbekistondagi yangiliklarni internet orqali kuzatib borarkanman, yaqinda ötkazgan kunlarimizni eslayman. Yoşlari uluğ ota-onam, akam, kelinoyim, jiyanlarim, qöyingki oilamizning aksariyat qismi bu kasallikka çalindi. Ayniqsa, ota-onamdan xavotir oldim. Şukr, bugun nafaqat ular, balki köplab boşqa tanişlarim ham şifo topişdi.
– Ayni paytda juda köpçilik bizda kislorod ballonlari, oksigeneratorlar qidirib yurişdi. Sizlarda bu vositalarni xarid qiliş muammo emasmi?
– Aytganimdek, öşa vahimali kunlarda bizda ham şunday böldi. Men özim oliy ma'lumotli şifokor bölsam-da, davolaş işlari bilan şuğullanmayman. Tibbiy uskunalar yetkazib beruvçi firmam bor. Bizga ham juda köp uskunalar buyurtma berişdi, borlarini ham sotib olib ketişdi. Hatto soppa-soğ odamlar ham sun'iy ventilyatsiya moslamalarini xarid qila boşladilar. Aytişim mumkinki, bu davr uzoq davom etmaydi. Hammasi vahima tufayli.
– Dori-darmonlar bilan vaziyat qanday? Tanqislik kuzatilmadimi?
– Dorilar ham şunday böldi, vahima davrida hamma özini dorixonaga urdi va tuşunib-tuşunmay sotib ola boşladi. Lekin keyin anglab yetildiki, har bir dori albatta şifokor nazoratida qabul qilinişi kerak. Öz holiça dori qabul qiliş esa vaziyatni oğirlaştirişi ham mumkin, bizda bunday holatlar afsuski kuzatildi. Yana bir jihati – köpçilik bu kasallikni darhol, 2-3 kun içida ötib ketişi kerak, deb hisoblaydi. Ammo uning öziga yaraşa davriyligi bor va öşa örtaça 7-10 kunni sabr va ehtiyot bilan ötkaziş kerak. Tabiiy vositalardan foydalaniş eng töğri usul. Özim ham oilamga şunday qildim, Xudoga şukr, hammalari soğayib ketişdi.
– Özbekistonliklarga qanday tavsiyalar bergan bölardingiz?
– Özim ham özbeklarga begona emasman, bu millatdan qarindoş-uruğlar juda köp. Qardoşlarimizning har biri uçun qayğuraman. Boşidan ötkazgan odamning gapiga işoning – bu vahimalar ötkinçi! Bu virusning özi odamni öldirmaydi, xuddi grippdek ötadi. Albatta, ölim holatlari bölmaydi deya olmayman, ular bor va ançagina. Lekin e'tibor bersangiz bu bemorlar surunkali kasalliklari zörayişidan vafot etadilar.
Töğri va balanslaştirilgan ovqatlaniş, tabiiy ne'matlarga e'tibor qaratiş, soğlom turmuş tarzi, köp suyuqlik içiş, vahimaga tuşmaslik – mana şular bu virusga qarşi eng samarali vositalar. Axir Özbekiston, Tojikistonda tabiiy ne'matlar, vitaminlarga boy meva-sabzavotlar serob. Ana şularni köproq iste'mol qiliş kerak. Eng muhimi – kasallikka çalinsangiz ham özingizni yöqotmang. Fikrimça, hamma baribir şu kasallikni bir marta boşidan ötkazib, immunitet hosil qilib olişi kerak. Bu kasallik ötganidan keyin ham ma'lum muddat umumiy holsizlik, qon quyuqlaşişi kabi holatlar kuzatilarkan. Buni ham köp suyuqlik içiş, tez-tez, foydali ovqatlaniş bilan yengiş mumkin.
– Umuman, virusga qarşi kuraş böyiça Özbekiston va Tojikiston örtasida qanday farqlar, öxşaş jihatlarni kördingiz?
– Asosiy öxşaş jihati – har ikki davlat hukumatlari qöllaridan kelganiça harakat qilişyapti. Töğri, qiyinçiliklar bor, lekin bu virus kuçini ham hisobga oliş kerak. Bu ikki davlat nisbatan kam qurbonlar bilan ötkazmoqda, işqilib şunday bölib qolsin. Bizda boşida u darajada qattiq karantin qilinmadi, ya'ni uydan çiqişlarga qarşiliklar bölmadi. Öşanda, kasallik köpaya boşlaganda qörquv bölgandi.
Albatta, har bir davlat özidagi vaziyat va imkoniyatlaridan kelib çiqib çora köradi. Masalan Özbekistonda aholi bizdan köra ança köp va şaharlar ziç. Har qanday davlat soğliqni saqlaş tizimi esa ma'lum bir darajadagi yuklamadagina bir me'yorda işlaydi. Qattiq karantin taktikasi ham şunga köra tanlangan bölsa ajab emas. Lekin bizda bunday qilinganining ham bir hikmati bor ekan – juda köpçilik kasallikka çalinib, soğayib, immunitet hosil qilib oldi. Immunitet muddati qisqa deyişyapti, buni endi vaqt körsatadi.
Barça özbekistonliklarga özingizni, yaqinlaringizni asrang va soğ böling, deb qolaman.
Abror Zohidov suhbatlaşdi.












