Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga 1300ta kislorod konsentratori olib kelindi
Xitoydan 1300ta kislorod konsentratori, 20ta PZR sinov apparati hamda virusga qarshi dori vositalari olib kelindi.
O‘zbekiston Xitoydan 1300ta kislorod konsentratori, 20ta PZR sinov apparati hamda virusga qarshi dori vositalari sotib oldi. Ushbu mahsulotlar ortilgan samolyot poytaxt aeroportiga qo‘ndi, deb xabar bermoqda «O‘zbekiston24».
«Qayd etilishicha, ayni kunda mamlakatda aholi orasida virusning keng tarqalib borayotgani barobarida kislorodga bo‘lgan talab ham keskin oshmoqda. Shundan kelib chiqib davlat rahbarining topshirig‘iga ko‘ra koronavirusga qarshi tibbiyot jihozlarini imkon qadar qisqa muddatlarda mamlakatga yetkazish choralari ko‘rilmoqda», - deyiladi xabarda.
Ta'kidlanishicha, Xitoydan olib kelingan zaruriy jihozlar Sog‘liqni saqlash vazirligi ixtiyoriga topshirilgan. Vazirlik hududlar ehtiyojidan kelib chiqib ularni taqsimlaydi.
Tashkilotchilarning ma'lumotiga ko‘ra, bu dastlabki yuk bo‘lib, tez orada yana shuncha miqdordagi tibbiyot jihozlari mamlakatga keltiriladi.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 20 iyul kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda bosh vazirga kislorod konsentratorlari va pulsoksimetrni imkon qadar qisqa muddatlarda mamlakatga yetkazish topshirig‘i berilgani aytilgandi.
Buning uchun maxsus samolyot ajratilishi, tadbirkorlar tomonidan kislorod konsentratorlarini O‘zbekistonga olib kirish tartib-taomillarini yengillashtirish choralari ko‘rilishi lozimligi qayd etilgan.
Mavzuga oid
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
21:17 / 07.06.2026