Yiğilişda pandemiya davrida har bir bemorni davolaş uçun kislorodga ehtiyoj keskin ortişi qayd etildi. Toşkent tibbiyot akademiyasining köp tarmoqli klinikasi, Respublika ixtisoslaştirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya markazi, Toşkent şaxar 1-son klinik şifoxonasi, Respublika birinçi va ikkinçi son klinik kasalxonasida hamda barça yangi oçilayotgan «provizor» şifoxonalarida 1 000dan ortiq kislorod ötkazadigan nuqtalar sonini köpaytiriş zarurligi ta'kidlandi.

Toşkent şahri xokimligi, Içki işlar vazirligi hamda har bir tuman hokimi öz hududida joylaşgan tibbiyot muassasalarini doimiy asosda kislorod bilan töldirib borişga şaxsan mas'ulligi belgilandi.

«Çet davlatlarda öpka yalliğlangan har bir bemor uçun zudlik bilan kislorod konsentratorlariga maxsus niqoblar kiygiziş orqali havo olişini yengillaştirib, qöliga pulsoksimetr taqilmoqda va bu bilan bemorning nafas yetişmovçiligi bartaraf qilinmoqda. Boş vazirga mazkur tibbiyot jihozlarini imkon qadar qisqa muddatlarda mamlakatimizga yetkaziş topşiriği berildi.

Buning uçun, agar kerak bölsa, maxsus samolyot ajratilişi, tadbirkorlar tomonidan kislorod konsentratorlarini Özbekistonga olib kiriş tartib-taomillarini yengillaştiriş çoralari körilişi lozimligi qayd etildi», deyiladi xabarda.

Bemorlarni davolaş uçun zarur dori-darmon vositalari zaxiralarini yaratiş maqsadida qöşimça ravişda Toşkent şahri va Toşkent viloyati hokimliklari tegişliça 20 milliard va 10 milliard söm mablağlarni «Dori-darmon» aksionerlik kompaniyasiga aylanma mablağ sifatida ajratişi belgilandi.

Eslatib ötamiz, 16 iyul kuni boş vazir Abdulla Aripov rahbarligida Özbekistonda koronavirus bilan boğliq vaziyatga bağişlangan şoşilinç yiğilişda import qilinadigan kislorod konsentratlari bojxona bojidan ozod etiş böyiça qaror qabul qilingandi.