Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yanvar-iyun oylarida 46,6 mingta yangi kichik korxona va mikrofirmalar tashkil qilindi
2020 yilning yanvar-iyunida kichik tadbirkorlikning YaIMdagi ulushi 51,3 foizni tashkil etdi.
Kichik tadbirkorlik sub'yektlarining soni har 1000 aholiga 14,4 birlikni tashkil qildi.
Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, 2020 yilning yanvar-iyunida 46,6 mingta yangi kichik korxona va mikrofirmalar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilindi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13,8 foizga kam.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘p kichik korxona va mikrofirmalar savdoda 16588 ta, sanoatda 9713 ta, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida 8525 ta, qurilishda 3302 ta, yashash va ovqatlanishda 2460 ta, tashish va saqlashda 1148 ta tashkil etilgan.
2020 yilning yanvar-iyunida yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalarning hududlar bo‘yicha eng ko‘pi Toshkent shahrida – 7008 ta, Surxondaryo viloyatida – 4906 ta, Andijon viloyatida – 4508 ta, Samarqand viloyatida – 4049 ta, Toshkent viloyatida – 3991 ta va Namangan viloyatida – 3184 tani tashkil etgan. Shuningdek, eng past ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida – 1783 tani tashkil etgan.
2020 yilning yanvar-iyun oylarida hududlar bo‘yicha yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalarning jami miqdoridan eng ko‘p ulush Toshkent shahri – 15,1 foiz, Surxondaryo viloyati - 10,5 foiz, Andijon viloyati - 9,7 foiz, Samarqand viloyati - 8,7 foiz, Toshkent viloyati - 8,6 foiz, Namangan viloyati - 6,8 foiz, Xorazm viloyati - 6,1 foiz, Farg‘ona viloyati - 5,8 foizga tegishli.
Mavzuga oid
22:31 / 05.05.2026
Mart oyida 2,7 mlrd kub gaz qazib olindi. Bu o‘tgan yilning mos davridagidan 30 foizga kam
21:32 / 01.05.2026
Aholi daromadlarining oshishi sekinlashdi. Poytaxt va hududlar o‘rtasidagi tafovut yanada kattalashgan
10:59 / 10.04.2026
O‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p Rossiya va Koreyaga ketmoqda
09:29 / 10.04.2026