Jizzaxda bir kunda koronavirus infeksiyasini aniqlash uchun o‘rtacha 1500 test olinmoqda - viloyat hokimi
Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev viloyat aholisiga navbatdagi murojaatida hududdagi pandemik vaziyatga doir ayrim raqamlarni sanab o‘tdi.
«Viloyatimizda pandemiya bilan bog‘liq vaziyat murakkablashib, kasallanish darajasi kundan kunga ortib bormoqda. Qariyb har kuni 10 nafargacha fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlanmoqda.
7ta davolash-profilaktik muassasada jami 836 nafar bemor tibbiy nazoratga olingan bo‘lib, ulardan 137 nafarida koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bo‘lsa, bugungi kunda 83 nafari sog‘aydi. Bemorlarning 8 nafari og‘ir va 4 nafari o‘ta og‘ir holatda. Tibbiyot xodimlarining sa'y-harakatlariga qaramay, viloyatda 4ta o‘lim holati qayd etilgan.
Viloyatda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq fuqarolarning murojaatlariga RShTTYoIAM viloyat filialida koll-markaz faoliyati yo‘lga qo‘yildi:
(72) 226-32-03, (72) 226-25-98.
Tez tibbiy yordam tizimida 112ta avtomashinadan foydalanilayotgan bo‘lsa, ulardan 63tasida GPS navigator o‘rnatilgan. 3ta reamobil avtomashinasida EPID brigada tashkil qilinib, aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatib kelinmoqda. Mahalliy budjetning orttirilgan qismidan 12 dona tez tibbiy yordam uchun mo‘ljallangan «Damas» avtomashinasi xarid qilindi.
Viloyatda SEOM, viloyat OITS markazi laboratoriyalarida va Jizzax shahrida joylashgan «Doktor-A» xususiy klinikasida koronavirus infeksiyasiga tekshirish (PZR test sinovlari) o‘tkazilmoqda. Bugungi kunga qadar fuqarolardan 54 810ta test sinovlari olingan. Bir kunda o‘rtacha 1400-1500 kishidan test olinmoqda.
Covid-19’ga chalingan bemorlar viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanadi. Mazkur markazda bemorlarni davolash uchun 155ta o‘rin-joy (koyka) tayyorlanib, 42 nafar tibbiyot xodimi jalb qilingan.
Bemorlarga viloyat endokrinologiya, teri-tanosil, kardiologiya, bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Jizzax sanatoriysi hamda har bir tuman tibbiyot birlashmalarida vaqtinchalik tashkil etilgan provizor gospitallarida tibbiy yordam ko‘rsatib kelinmoqda.
Ya'ni Covid-19’ga chalingan bemorlarni davolash uchun viloyatda 7ta tibbiyot muassasasida 741ta o‘rin-joy (koyka) tashkil etilib, to‘liq krovat va kerakli jihozlar bilan ta'minlangan.
Hozirgi vaqtda shahar va tumanlar tibbiyot birlashmalari qoshida jami 200tadan qo‘shimcha o‘rin-joy (koyka) tashkil etilmoqda. Tibbiyot muassasalarida shifokor va hamshiralar yetarli.
Viloyatda faoliyat olib borayotgan tibbiyot muassasalarini zarur dori-darmon bilan ta'minlash maqsadida joriy yilning 6 oyi davomida jami 43 mlrd 485 mln so‘m mablag‘ ajratilgan. Dori-darmon bilan ta'minlash darajasi o‘rtacha 83 foizni tashkil etadi.
Viloyatda 12 mlrd 503 mln so‘mlik 187 turdagi dori-darmon va tibbiy buyumlar zaxirasi mavjud», – deyiladi Ergash Soliyevning 25 iyuldagi murojaatida.
Mavzuga oid
09:00
1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan shaxs ushlandi
09:25 / 06.11.2024
Jizzaxda qariyb 800 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fuqaro aniqlandi
08:30 / 28.10.2024
Jizzaxda ikkita yuk mashinasi to‘qnashdi
22:09 / 14.10.2024