Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonga kecha-yu kunduz ishlaydigan 20ta mobil tez yordam brigadalari ajratildi
24 iyul kuni mahalliy budjet hisobidan Qoraqalpog‘istondagi shahar va tumanlarga 20ta maxsus sanitar «Damas» avtomashinalari berildi.
Bu avtomobillarda kecha-yu kunduz navbatchilik qiladigan 1 nafar tibbiyot xodimi va 1 nafar haydovchidan iborat ixchamlashtirilgan mobil tez tibbiy yordam brigadalari faoliyat olib boradi.
Qoraqalpog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, ushbu mobil tez tibbiy yordam brigadalardan Nukus shahrida 4ta, tumanlarda esa 16ta brigada ish olib boradi.

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori asosida kuchaytirilgan tartib davrida har oy yakuniga qadar barcha tez tibbiy yordam brigadalarida ishlovchi xodimlarning lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar o‘rniga barcha quyidagi miqdorlarda qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish to‘lovlarini belgilangan:
- vrach xodimlarga — 2,5 million so‘m;
- o‘rta tibbiyot xodimlariga — 1,5 million so‘m;
- haydovchilarga — 1,0 million so‘mdan qo‘shimcha rag‘batlantirish berilishi ko‘zda tutilgan.

Mavzuga oid
11:31 / 10.11.2025
Yashnobodda tez yordamga qo‘shimcha kuch: qutqaruvchilar bemorni yuqori qavatdan tushirdi
09:16 / 31.10.2025
Toshkentda «Mercedes-Benz» tez yordam avtomobili bilan to‘qnashdi
13:40 / 27.09.2025
Marg‘ilonda tez yordam mashinasi YTHga uchrashi oqibatida ikki kishi jarohat oldi
18:00 / 26.08.2025