Tojikistonda to‘ylar borasida cheklov yana kuchaytirildi
15 iyundan boshlab tojikistonliklarga 100 kishi bilan to‘y qilishga ruxsat berilgandi. Endi to‘ylar faqat uyda o‘tishi va mehmonlar soni 40 nafardan oshmasligi kerak.
Tojikiston hukumati qoshidagi Din, urf-odatlar va marosimlarni tartibga solish qo‘mitasi mamlakatning barcha viloyat va tumanlaridagi davlat idoralariga to‘y marosimlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha yangi qoidalarni yubordi.
«Aziya-Plyus»ning xabar berishicha, Tojikistonda to‘ylarni o‘tkazish cheklanmaydi, faqat hukumatning koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha bergan ko‘rsatmalariga muvofiq to‘ylar endi tor doirada, xonadonlarning o‘zida cheklangan mehmonlar ishtirokida o‘tkaziladi. To‘yxonalarda to‘y o‘tkazish taqiqlanadi.
Yangi qoidalarga ko‘ra, to‘ylarda faqat yaqin qarindoshlar qatnashishi mumkin va ularning soni 40 kishidan oshmasligi kerak.
Tojikistonda COVID-19 tarqalishining oldini olish bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi qarori bilan aprel oyidan boshlab to‘y marosimlarini o‘tkazish to‘xtatilgan edi. Keyinchalik 15 iyundan 100 kishidan ortiq mehmon chaqirmaslik va karantin qoidalariga rioya qilish sharti bilan to‘y marosimlarini o‘tkazishga ruxsat berilgandi.
Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda ayni damda to‘y marosimlarini o‘tkazish mumkin emas. Bu cheklov kamida 1 avgustgacha davom etadi. Prezident maxsus komissiyaning karantinni uzaytirish bo‘yicha taklifini qabul qilgani inobatga olinsa, to‘ylarni o‘tkazishga kamida avgust oyining ikkinchi yarmigacha ruxsat berilmasligi mumkin. Bungacha faqat «yashil» hududlarda 30 kishilik to‘y qilishga ruxsat berilgandi. Bugungi kunda esa butun mamlakat «qizil» hududga aylangan.
Mavzuga oid
13:32 / 04.07.2024
Tojikistondagi YTHda uch o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
10:41 / 29.06.2024
Surxondaryo va Farg‘onada Tojikistondan olib kelingan 25 kgdan ortiq gashish musodara qilindi
19:09 / 24.06.2024
Tojikistonda to‘y va dafn marosimlarini o‘tkazish qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori oshirildi
19:01 / 22.06.2024