Google kompaniyasiga egalik qiluvçi Alphabet xoldingining kapitallaşuvi 1 trln dollarga yetdi. Bu haqda Financial Times naşri xabar berdi. 

Alphabet aksiyalari narxi 16 yanvarda birjadagi savdolar yopilişidan oldin 0,8 foizga kötarilib, 1450,16 dollarga yetgan.

Şu tariqa AQŞ kompaniyasi kapitallaşuvi 1 trln dollarlik qiymatdan oşgan törtinçi kompaniyaga aylandi. Avvalroq bunday körsatkiçga Apple, Amazon va Microsoft kompaniyalari erişgandi. 
 
Alphabet aksiyalari 2020 yil boşidan beri 7,5 foizga, 2019 yil davomida esa 28 foizga qimmatlaşgan.

eMarketer tadqiqot kompaniyasi ma'lumotlariga köra, Google hisobiga 2019 yilda AQŞdagi qidiruv tizimlaridagi reklamaning 73 foizi, dunyo böyiça umumiy raqamli reklamaning 31 foizi töğri kelgan. 2019 yil 3-çoragida kompaniyaning tuşumi 40,5 mlrd dollarni taşkil qilgan. Bu esa 2018 yildagi körsatkiçga nisbatan 20 foiz köproq bölgan. 

Şu bilan birga Alphabet aksiyalari 2019 yil 4-çoragi böyiça körsatkiçlar özini oqlay olmasa, öz qiymatini yöqotişi mumkin. 4-çorak böyiça natijalar 3 fevralda çiqişi kutilmoqda.

“Trillioner kompaniyalar” klubiga AQŞ kompaniyalaridan birinçi bölib Apple kirgan. Uning bozor narxi 2018 yil 2 avgustda 1 trln dollardan oşgandi. Hozirda kompaniyaning kapitallaşuvi 1,41 trln dollarni taşkil qilmoqda.

Apple’gaça bunga faqatgina Xitoyning PetroChina kompaniyasi erişa olgan. Bu kompaniya 2007 yilda Şanxay fond birjasiga çiqqandan keyin yuz bergan. Savdolarning ilk kuni natijalariga köra kompaniya narxi 1,005 trln dollardan oşgan. Biroq keyingi kun kompaniya aksiyalari 2 barobar arzonlaşib, kapitallaşuvi 500 mlrd dollargaça tuşib ketgan. Hozirda kompaniya narxi 158 mlrd dollarni taşkil qiladi.  

Apple’dan keyin trillion dollarlik qiymatga erişgan kompaniya Microsoft böldi. Uning kapitallaşuvi 2019 yil aprelda trillion dollarlik qiymatdan ötib, hozirda 1,25 trln dollarni taşkil qilmoqda.

1 trln dollarlik çegaradan ötgan yana bitta kompaniya Amazon xoldingi hisoblanadi. Biroq aytiş joiz, u “trillioner kompaniya” maqomini özida saqlab qololmagan. Hozirda uning qiymati 938 mlrd dollar atrofida saqlanib turibdi. 

Aytiş joiz, 2019 yil 11 dekabrda Saudiya Arabistonining Saudi Aramco davlat neft kompaniyasi öz aksiyalarini birjaga joylaştirgandan keyin uning qiymati 2 trln dollargaça kötarilib ketgandi.