Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nurmat Otabekov: «Blokator taqish niqob va antiseptikning o‘rnini bosa olmaydi»
Blokatorlarning koronavirusdan himoya qilishini isbotlovchi ma'lumotlar adabiyotlarda yo‘q. Shuningdek, uni taqish niqob va antiseptikning o‘rnini bosa olmaydi. Bu haqda bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ma'lum qildi.
Bugun, 27 iyul kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda Nurmat Otabekov fuqarolardan kelgan qator savollarga javob berar ekan, blokator beyjiklarning qay darajada ishonchli va viruslardan himoyalash xususiyatiga egaligi borasida ham munosabat bildirdi.
«Dastlab, virus blokatorlarni yaponiyalik olimlar ishlab chiqarishgan. Ularning vazifasi inson atrofidagi havoni zararsizlantirib turish hisoblanadi.
Beyjik ichidagi kartrijga joylashtirilgan faol modda - xlor dioksidini saqlaydi. Ammo bu modda kishida allergiya, toshmalar berishi mumkin.
Shuningdek, Rossiya, Boltiqbo‘yi olimlari ham virus blokatorlarning samarasi past degan fikrda. Ayniqsa, ochiq havoda yoki yelvizakda bo‘lgan paytda uning samarasi qariyb nolga teng bo‘lishi mumkin.
Mazkur blokatorlarning koronavirusdan himoya qilishini isbotlovchi ma'lumotlar adabiyotlarda yo‘q. Blokator taqish niqob va antiseptikning o‘rnini bosa olmaydi», deya Otabekovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
10:56 / 28.09.2025
Shifoxonalarda 182 nafar bola qolmoqda - Nurmat Otabekov Toshkent viloyatidagi holat haqida
11:29 / 27.09.2025
«694 nafar bola shifoxonada qolmoqda, ularning 421 nafariga bugun javob beriladi» – Nurmat Otabekov
15:00 / 10.06.2025
O‘zbekistonda bolalar orasida Koksaki virusi avj olayotgani haqidagi xabarlar asossiz – SSV
11:25 / 30.05.2025