Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAVni ro‘yxatdan o‘tkazish bekor qilinib, xabardor etish tartibi orqali ular faoliyatini boshlash yo‘lga qo‘yiladi
Qonun hujjatlari ta'sirini baholash tizimi portalida “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi (yangi tahriri) muhokama uchun joylashtirilgan.
Qonun loyihasi Prezidentning 2019 yil 2 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” PQ-4151-son va 2019 yil 13 dekabrdagi “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta'minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4551-son qarorlariga muvofiq Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan ishlab chiqilgan.
Norma’ning yozishicha, qonun loyihasi yettita bob, 50 ta moddadan iborat bo‘lib, hujjatning amaldagi matniga qator o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutadi.
Jumladan, yangi loyihaga quyidagilarni tartibga soluvchi quyidagi normalar kiritilgan:
ommaviy axborot vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi bekor qilinib, xabardor etish tartibi orqali faoliyat boshlash yo‘lga qo‘yilishi;
OAVning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati bilan munosabat o‘rnatish huquqlarining kafolatlari;
OAV tahririyatlarida mehnat qilayotgan xotin-qizlar va erkaklar uchun gender tenglik, bir xil huquq hamda imkoniyatlar taqdim qilinishi;
OAV erkinligini buzganlik uchun javobgarlik;
OAV faoliyatini tugatish bilan bog‘liq asoslar va boshqalar.
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Mavzuga oid
09:06 / 16.07.2026
Fedorov Ukraina mudofaa vaziri lavozimini tark etdi
19:01 / 11.07.2026
Uy qurilishiga ulush kiritgan shaxslarning mablag‘larini himoya qilish bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlandi
20:26 / 25.06.2026
To‘qayev internetdagi ko‘zbo‘yamachilik va «oson pul» madaniyatini qoraladi
18:15 / 25.06.2026