Iqtisodiyot | 09:20 / 28.07.2020
7953
2 daqiqa o‘qiladi

Aholi jon boshiga hisoblangan YaIM 7,4 mln so‘mni tashkil etdi

 2020 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YaIM) hajmi joriy narxlarda 255,2 trln so‘mni tashkil etdi va 2019 yilning 1 yanvar-iyuni bilan taqqoslaganda 0,2 foizga o‘sdi. 

Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, YaIM deflyator indeksi 2019 yilning yanvar-iyunidagi narxlarga nisbatan 13,6 foizni tashkil etdi.

2020 yilning yanvar-iyun oylari yakuniga ko‘ra, YaIM tarkibida tovarlar ishlab chiqarishda 145,4 trln so‘m, xizmatlar ko‘rsatish sohasida 89,7 trln so‘m miqdorida yalpi qo‘shilgan qiymat yaratildi, mahsulotlarga sof soliqlar esa 20,1 trln so‘mni tashkil etdi.

2020 yilning yanvar-iyun oylarida YaIM o‘sishi 2019 yilning yanvar-iyunidagi 6,0 foiz va 2018 yilning yanvar-iyunidagi 5,9 foizga nisbatan 0,2 foizgacha sekinlashdi. Shu bilan birga, YaIM deflyator indeksida ham 2019- yil yanvar-iyundagi 19,5 foiz va 2018 yilning yanvar-iyunidagi 34,4 foizga nisbatan 2020 yilning yanvar-iyun oylarida 13,6 foizgacha sekinlashish kuzatildi.

Kuzatilayotgan davrda o‘rtacha almashuv kursi bo‘yicha hisoblangan nominal YaIM hajmi 26 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi (2019 yilning yanvar-iyunida – 26,6 mlrd AQSh doll.).

Aholi jon boshiga hisoblangan YaIM 7,4 mln so‘mni (yoki 766 AQSh doll. ekvivalentida) tashkil etdi va bu ko‘rsatkich 2019 yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 1,8 foizga kamaydi. Aholi jon boshiga YaIM o‘sishi 2018 va 2019 yil yanvar-iyun oylarida mos ravishda 4,2 foiz va 4,1 foizni tashkil etgan.

Mavzuga oid