Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda aholining ichimlik suvidan qarzdorligini qisqartirish, to‘lovlarni oyma-oy undirish nazoratga olingani aytildi
Senat axborot xizmatining xabar berishicha, Andijon viloyatida aholining ichimlik suvidan debitor qarzdorligini qisqartirish maqsadida har bir fuqarolar yig‘inida mahalla faollari hamda deputatlar ishtirokida kichik guruhlar tuzilgan.
Qayd etilishicha, Andijon viloyatidan saylangan senatorlar hamda xalq deputatlari Andijon viloyati kengashining deputatlaridan iborat ishchi guruh tomonidan shahar, tumanlar sektorlar rahbarlarining hududlaridagi ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar o‘rganilgan.
«Andijon viloyatida jami 1713 ta ko‘p qavatli uy mavjud. Joriy yil iyun va iyul oylarida mahalliy Kengashlar deputatlariga 42 ta santexnika va elektr kommunikatsiyalari bo‘yicha murojaatlar kelib tushgan va ular ijobiy hal etilgan.
Kuni kecha davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ichimlik suvining tannarxini joylardagi qilingan xarajatlardan kelib chiqib, mahalliy Kengashlar deputatlari va hududiy hokimliklar bilan birga ko‘rib chiqish to‘g‘risida vazifalar belgilangan edi.
Shu jihatdan mazkur viloyat aholisining ichimlik suvidan debitor qarzdorligini qisqartirish maqsadida har bir fuqarolar yig‘inida mahalla faollari hamda deputatlar ishtirokida kichik guruhlar tuzildi», deyiladi xabarda.

Ta'kidlarinicha, aholining debitor qarzdorligini qisqartirish va iste'mol qilingan ichimlik suvi uchun to‘lovlarni oyma-oy undirish bo‘yicha jadval tasdiqlangan hamda uning ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati o‘rnatilgan.
Mavzuga oid
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
08:45 / 30.06.2026
Xarita: qaysi mamlakatlarda xavfsiz ichimlik suvi hali ham muammo?
16:27 / 26.06.2026