Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2030 yilgacha aholini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta'minlash 91 foizga yetkaziladi
2017 yilda aholini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta'minlash darajasi 64,5 foizni tashkil etgan. Hozir bu ko‘rsatkich 70,8 foizga yetkazilgan. 2030 yilga qadar aholini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta'minlash darajasi 91 foizga yetkaziladi.
Bugun, 19 iyun kuni Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi mas'ullari tomonidan aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash bilan bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida ma'lumot berildi.
Vazirlik matbuot kotibi Alipasha Ahmedovning ta'kidlashicha, 2017 yilda aholini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta'minlash darajasi 64,5 foizni tashkil etgan. Vaziyatni yaxshilash uchun esa katta sarf-xarajat talab etilmoqda.

«Hozir suv ta'minotini yaxshilash uchun mablag‘ sarfi ham, e'tibor ham kuchaytirilmoqda. Masalan, 2017 yilda sohaga 300 milliard so‘m ajratilgan bo‘lsa, 2019 yilda 1 trillion 800 milliard so‘mga yaqin mablag‘ ajratilgan.
Bu investitsiyalar natijasida respublika bo‘yicha markazlashgan ichimlik suvi ta'minoti darajasi hozir 70,8 foizga yetkazilgan», deya ma'lumot berdi Alipasha Ahmedov.
Shuningdek, vazirlik boshqarma boshlig‘i Azizbek Erkaboyev ichimlik suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish uchun 2020 yilda sarflanishi rejalashtirilgan mablag‘ miqdori va qilinadigan ishlar haqida ma'lumot berdi.
«2020 yilda suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimini yaxshilash uchun Markazlashgan manbalar hisobidan jami 1 544,6 milliard so‘m ajratilgan. Jumladan, Moliya vazirligi huzuridagi Suv ta'minoti va oqova suv tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasidan 934,2 milliard so‘m, Orol bo‘yi mintaqasini rivojlantirish dasturi doirasida 110,4 milliard so‘m, Inqirozga qarshi kurarshish jamg‘armasidan 500 miliard so‘m yo‘naltirilgan.
Ushbu mablag‘lar hisobidan 299ta ichimlik va oqova suv tizimlarini qurish hamda rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Bu bilan 1 million 279 ming nafardan ortiq aholini ichimlik suv bilan ta'minlash va 250 ming nafardan ortiq aholining oqova suv xizmati yaxshilanishi kutilmoqda. Qurilish montaj ishlarida esa respublikamizda 46 ming nafardan ortiq shaxs ish bilan ta'minlanadi», dedi Azizbek Erkaboyev.
Shuningdek, Alipasha Ahmedovning qo‘shimcha qilishicha, 2030 yilga qadar aholini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta'minlash darajasi 91 foizga yetkaziladi. Tog‘ va boshqa shu kabi hududlarida joylashgan kichik qishloqlarga markazlashgan ichimlik suvini yetkazish iqtisodiy jihatdan foydali bo‘lmasligi tufayli aholini 100 foiz markazlashgan suv ta'minoti bilan qamrab olishning imkoni yo‘q.
Mavzuga oid
23:06 / 24.04.2026
Saida Mirziyoyeva Toyloqda aholi ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rgandi
12:18 / 19.03.2026
30 martdan boshlab Toshkentda suv ta’minotida uzilishlar bo‘ladi
09:06 / 03.01.2026
Hindistonda ifloslangan ichimlik suvi tufayli 9 kishi vafot etdi
09:56 / 27.11.2025