Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markaziga ikkita injiniring kompaniyasining ulushlari beriladi
Vazirlar Mahkamasining 16.07.2020 yildagi “Istiqbolli investitsiya loyihalarini ishlab chiqish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 445-son qarori bilan "O‘zInjiniring" Respublika loyiha instituti va “O‘zLITIneftgaz” AJning «Uorli Parsons O‘zbekiston injiniring» MChJ QK ustav fondidagi ulushlari Investitsiya va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markaziga beriladi.
«Uorli Parsons O‘zbekiston injiniring» MChJ QK Vazirlar Mahkamasining 31.03.2011 yildagi 95-son qarori bilan tashkil etilgan edi. Ilg‘or texnologiyalarni va yetakchi xorijiy investorlarni jalb etish asosida O‘zbekistonning tabiiy resurslari va xomashyo bazasini chuqur qayta ishlashga qaratilgan yangi loyiha g‘oyalarini izlash va ishlab chiqish korxonaning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Norma’ning yozishicha, "O‘zInjiniring" Respublika loyiha institutining «Uorli Parsons O‘zbekiston injiniring» MChJ QK ustav kapitalidagi ulushi 25 foizni, “O‘zLITIneftgaz” AJning ulushi – 25 foizni, «Uorli Parsons Niderlands BV» kompaniyasining ulushi – 50 foizni tashkil etgan.
2017 yilning iyun oyida «Uorli Parsons Niderlands BV» kompaniyasi «Intecsea B.V.» kompaniyasi (Niderlandiya Qirolligi) tarkibiga kiritilgan, shundan keyin «Uorli Parsons Niderlands BV» kompaniyasining ulushi umumiy yig‘ilishning qaroriga asosan «Intecsea B.V.» kompaniyasiga o‘tkazilgan.
Qaror bilan Investitsiya va tashqi savdo vazirligining "O‘zInjiniring" Respublika loyiha instituti va “O‘zLITIneftgaz” AJning «Uorli Parsons O‘zbekiston injiniring» MChJ QK ustav fondidagi ulushlarini (jami – 50 foiz) Investitsiya va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markaziga belgilangan tartibda berish to‘g‘risidagi taklifi qo‘llab-quvvatlandi.
Investitsiya va tashqi savdo vazirligiga Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda «Uorli Parsons O‘zbekiston injiniring» MChJ qo‘shma korxonasining ustav fondidagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazining 0,1 foiz ulushini «Worley» kompaniyasining sho‘'ba xo‘jalik jamiyati - «Intecsea B.V.» kompaniyasiga (Niderlandiya Qirolligi) sotish masalasini «Uorli Parsons O‘zbekiston injiniring» MChJ qo‘shma korxonasi ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqish bo‘yicha belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rish topshirildi.
Hujjat 17.07.2020 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
17:35 / 15.07.2026
Islomiy investitsiya – u nima? Har bir inson investor bo‘la oladimi?
11:57 / 14.07.2026
Poytaxt hokimligi 2034 yilgacha berilgan reklama pasportlarini bekor qilmoqchi: tadbirkor va davlat organlari o‘rtasida huquqiy bahs yuzaga keldi
18:55 / 02.07.2026
O‘zbekistonliklar xorijga investitsiya kiritishi keskin ko‘paydi
09:15 / 01.07.2026