Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Anqara va Istanbulda O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkaziladi
Bu Turkiya keng jamoatchiligini O‘zbekistonning boy tarixiy va madaniy merosi bilan tanishtirish maqsadida amalga oshiriladi.
Joriy yilning 28 iyul kuni O‘zbekiston delegatsiyasining Anqara shahriga tashrifi doirasida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov va Turkiya tashqi ishlar vaziri M.Chavusho‘g‘li o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabariga ko‘ra, tomonlar ikki davlat hukumatlari tomonidan koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga qaratilgan cheklovchi choralarning iqtisodiyotning turli sohalari barqaror rivojlanishiga ko‘rsatayotgan salbiy ta'sirini yumshatish bo‘yicha tadbirlarni, shuningdek, ushbu yo‘nalishda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash istiqbollarini muhokama qildilar. O‘zbekiston tomoni Turkiyaning COVID-19 pandemiyasi tarqalishiga qarshi kurash strategiyasining yuqori samaradorligini ta'kidladi.
Turkiya tomoniga pandemiyaga qarshi kurashda bir necha bor ko‘rsatgan yordami, xususan, Turkiya Hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi ko‘magida O‘zbekistonga 30 mingta himoya kostyumlari va 50ta o‘pkani sun'iy shamollatish apparatlari yuborilganligi, shuningdek, Anqara meriyasi tomonidan Toshkent shahar hokimiyatiga taqdim etilgan 250 ming niqob va 5 mingta dezinfeksiya vositasi uchun minnatdorchilik bildirildi.
Uchrashuvda siyosiy-diplomatik, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va xavfsizlik sohalaridagi ikki tomonlama sheriklikning yuqori darajasi, shuningdek, ikki mamlakat manfaatlariga mos keladigan barcha yo‘nalishlardagi hamkorlik ko‘lami yuqori sur'atlar bilan o‘sib borayotganligi ta'kidlandi.
Shu nuqtayi nazardan, joriy yilning 19-20 fevral kunlari yuqori darajada bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston – Turkiya” strategik hamkorlik Kengashining birinchi yig‘ilishi mamlakatlararo hamkorlikning rivojlanishida boshlangan yangi bosqichni ifoda etganligi ham ta'kidlandi. Ikkala davlatning umumiy manfaatlari va tashabbuslarini ilgari surish maqsadida yaqin vaqtlarda Strategik rejalashtirish guruhining 2-yig‘ilishini va ikki mamlakat tashqi siyosiy idoralari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini o‘tkazish imkoniyati ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, O‘zbekiston tomoni Turkiya Hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi tomonidan so‘nggi uch yil davomida 147ta loyihani amalga oshirish doirasida ko‘rsatilgan texnik yordamni yuqori baholadi.
Madaniy-gumanitar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratildi. Turkiya keng jamoatchiligini O‘zbekistonning boy tarixiy va madaniy merosi bilan tanishtirish maqsadida Anqara va Istanbul shaharlarida O‘zbekiston madaniyati kunlarini o‘tkazish rejalari muhokama qilindi.
Hududlararo hamkorlikni rivojlantirish doirasida tomonlar 14 iyul kuni onlayn shaklida Farg‘ona viloyati va Bursa viloyati o‘rtasida Do‘stona aloqalar va hamkorlikni o‘rnatish to‘g‘risida Memorandum imzolanganligini yuqori baholadilar va shu bilan birga ushbu formatda amaliy tashabbuslarni amalga oshirishning salohiyatini ta'kidladilar.
Muzokaralar yakunida uchrashuv davomida belgilangan yo‘nalishlar doirasida hamkorlikni faollashtirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026