Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belarusda 30dan ortiq rossiyalik yollanma jangchilar qo‘lga olingani xabar qilindi
Qayd etilishicha, Belarusdagi barqarorlikni izdan chiqarish uchun mamlakatga 200dan ortiq yollanma askar tashlangan.
Belarusda rossiyalik yollanma askarlar qo‘lga olingani xabar qilindi. BeLTA agentligi voqea tafsilotlarini keltirmoqda.
Xabar qilinishicha, 32 kishi qo‘lga olingan bo‘lib, ularning barchasi Vagner xususiy harbiy kompaniyasi jangchilaridir.
Agentlikning o‘z manbalariga tayanib ma'lum qilishicha, saylovoldi kampaniyasi davrida mamlakatdagi barqarorlikni izdan chiqarish uchun Belarusga 200dan ortiq yollanma askar tashlangan.
Ochiq manbalarda qayd etilishicha, Vagner kompaniyasi jangchilari Ukraina, Suriya hududidagi janglarda ishtirok etgan, ayni paytda Liviyadagi to‘qnashuvlarda ham qatnashmoqda.
Mavzuga oid
09:00 / 01.06.2026
Lukashenko: “Ukrainadagi voqealar Armaniston uchun saboq bo‘lishi kerak”
10:41 / 17.02.2026
FT: Rossiya Yevropada diversiyalar uchun sobiq “vagnerchilar”ni jalb qildi
01:03 / 27.11.2020
Yevroparlament Belarus va Turkiyaga qarshi sanksiyalar haqida rezolyutsiyalarni qabul qildi
00:48 / 25.11.2020