Avval “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi (XHK) bilan işlaganlar Kreml topşiriği bilan Yevropada sodir etilayotgan diversiyalarni taşkil qiliş uçun “asosiy kanal”ga aylangan. Bu haqda yakşanba kuni, 15 fevralda Britaniyaning Financial Times (FT) gazetasi ğarb maxsus xizmatlaridagi manbalar va Yevropa amaldorlariga tayanib xabar berdi.

Jurnalistlar qayd etişiça, 2023 yil iyun oyida XHK asosçisi Yevgeniy Prigojinning Rossiya armiyasi yuqori rahbariyatiga qarşi muvaffaqiyatsiz isyonidan, keyin esa u halok bölganidan söng “uşbu jangovar guruhning maqomi noaniq bölib qolgan”. Biroq FT manbalariga köra, avval Rossiya hududlaridagi yoşlarni Ukrainadagi uruşga borişga köndirib kelgan “Vagner” verbovkaçilariga yangi vazifa berilgan — NATO davlatlari hududida diversiyalar uçun “iqtisodiy jihatdan zaif” yevropaliklarni yollaş.

Rossiya harbiy razvedkasi GRU (ilgari — Boş razvedka boşqarmasi, hozir — RF Qurolli kuçlari Boş ştabi Boş boşqarmasi) “öz ixtiyoridagi iqtidorlarni işga solmoqda”, dedi FT’ga ğarb razvedka xizmatlaridan birining xodimi “vagnerçilar”ni nazarda tutib. Maqolada aytilişiça, GRU va FSB kontrrazvedkasi Yevropada “bir martalik” agentlarni faol qidirmoqda, maqsad — “beqarorlik va tartibsizlik uruğini soçiş”.

FT yozişiça, sönggi ikki yil içida Kreml butun Yevropa böylab Ukrainaga qöllab-quvvatlov bergan ğarb davlatlarining qat’iyatini susaytiriş va jamiyatda ijtimoiy tartibsizliklarni qözğatişga qaratilgan beqarorlaştiriş hamda diversiyalar kampaniyasini kengaytirgan. Gazeta qayd etişiça, Yevropa mamlakatlari Rossiya diplomatlarini ommaviy ravişda çiqarib yuborganidan keyin Moskva vazifalarini bajariş uçun tobora köproq vositaçilarga murojaat qilmoqda, “Vagner” verbovkaçilari tarmoği esa “ayniqsa samarali — garçi qöpol bölsa ham — vosita” bölib çiqqan.

Naşr suhbatdoşlariga köra, “Vagner” verbovkaçilariga turli vazifalar yuklatilgan: siyosatçilarning avtomobillarini yoqişdan tortib Ukraina uçun gumanitar yordam omborlariga öt qöyişgaça, hatto özini natsistik propagandistlar qilib körsatişgaça. Odatda, bu topşiriqlarni “hayotda maqsad va yönalişdan mahrum, jamiyat çetida qolgan şaxslar” bajargan. Yevropa amaldorlaridan biri FT’ga aytişiça, XHKda avvaldan “marginallar” bilan “bir tilda” gaplaşa oladigan tayyor propagandistlar va verbovkaçilar tarmoği bölgan.