Jahon | 21:53 / 29.07.2020
11921
2 daqiqa o‘qiladi

Moskvadagi tarixiy bino 100 metr masofaga surildi

Moskvaning Skladochnaya ko‘chasida joylashgan va 120 yil oldin qurilgan tarixiy suv minorasi binosi saqlab qolish maqsadida 100 metrdan ortiq masofaga surildi.

«Xraniteli naslediya» xabariga ko‘ra, 2018 yilda Mosgornaslediye tashkiloti tomonidan 1898–1899 yillarda qurilgan eski suv minorasi va sobiq «Borets» kompressor zavodining 2ta binosini saqlab qolish maqsadida boshqa joyga ko‘chirish haqida qaror qabul qilingan.

Binolar hududning janubiy qismiga, 100 metrdan ortiq masofaga ko‘chiriladi va ulardan yangi texnopark majmuasida ofis, muzey va madaniyat uyi sifatida foydalanish rejalashtirilmoqda.

Kompressor zavodi 1897 yilda nemis savdogari Gustav List tomonidan qurilgan bo‘lib, sovetlar davrida «Borets» nomini olgan. Zavod bir necha yillar oldin Krasnodar vohasiga ko‘chirib olib ketilgan. Hozirgi vaqtda uning hududida uy-joylar kompleksi barpo qilinmoqda.

Qayd qilinishicha, so‘nggi bor bunday voqea Moskvada 1979 yili sodir bo‘lgan. O‘sha paytda Tverskaya ko‘chasidagi «Sitin uyi» «Izvestiya» nashrining yangi binosi qurilishi munosabati bilan boshqa joyga ko‘chirilgan edi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid