Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda robot xizmatkorlar yaratildi
NovAssistant universal roboti imkoniyati cheklangan insonlarga yordamlashishi, turli sohalarda kichik yumushlarni bajarishi mumkin.
Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati
Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi hamda Turin politexnika universiteti talabalari hamkorligida NovAssistant universal roboti yaratildi.
Universal robot tibbiyot, tadbirkorlik, ta'lim, turizm kabi sohalardagi har kunlik vazifalarni bajarishga ko‘maklashadi. Shuningdek, robot imkoniyati cheklangan insonlarning turli yumushlarni amalga oshirishlarida yordam bera oladi. Bu esa ular uchun ish o‘rinlarining ko‘payishiga xizmat qiladi.
Ma'lum qilinishicha, yordamchi-robot muloqot qilish bilan bir qatorda o‘z hissiyotlarini ham izhor qila oladi, uni ishxonada yoki uyda ko‘makchi sifatida ishlatish mumkin.

Robotni buyurtmachining istagidan kelib chiqqan holda turli ko‘rinishda, shuningdek, sun'iy intellekt, odamni tanish, xonadagi uskunalarni boshqarish kabi qo‘shimcha funksiyalarni qo‘shib yaratish imkoniyati mavjud. Robotni mobil ilova orqali yoki ovoz bilan boshqarish mumkin.
Qayd etilishicha, bunday tipdagi robotlarning xorijdagi o‘rtacha qiymati 180 million so‘mga to‘g‘ri kelsa, milliy xizmatchi robotlarning o‘rtacha narxi komplektatsiyasidan kelib chiqqan holda 25 million so‘mdan 45 million so‘mgacha bo‘ladi.
Mavzuga oid
07:35 / 23.03.2026
Xitoyda robot tennis o‘ynashni o‘rgandi: u 96 foiz aniqlik bilan zarbalarni qaytarmoqda
07:34 / 21.03.2026
Reyting: 2025 yilda eng ko‘p humanoid robot yetkazib bergan kompaniyalar
21:10 / 20.03.2026
Xitoyda odamsimon robotlarni ishga o‘rgatish markazlari ochilmoqda
21:42 / 14.03.2026