Jahon | 20:34 / 29.07.2020
5220
2 daqiqa o‘qiladi

Pandemiya sababli Isroilning barcha fuqarolariga bir martalik yordam puli beriladi

Mablag‘lar kelasi haftada hisobingizga tushadi, deb va'da berdi mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakat fuqarolariga.

Foto: AP

Isroil knesseti pandemiya fonida barcha fuqarolarga bir martalik dotatsiya berish dasturini tasdiqladi. Bu haqda mamlakat moliya vazirligi xabar berdi.

Dasturga ko‘ra, 18 yoshdan katta bo‘lgan har bir isroillik 750 shekel (220 dollarga yaqin) miqdorida bir martalik yordam puli oladi. Bolalar uchun to‘rtinchi farzandgacha 500 shekeldan (147 dollar), beshinchi va undan keyingi farzandlar uchun esa 300 shekeldan (88 dollar) beriladi.

Imtiyozli toifadagi fuqarolar oshirilgan miqdorda dotatsiya oladi. Harbiy xizmatchilar va muqobil harbiy xizmatdagi fuqarolarga qo‘shimcha 500 shekeldan beriladi.

2018 yilda soliqqa tortiladigan yillik daromadi 651 ming shekel (191 ming dollar) dan ortiq bo‘lgan fuqarolar dotatsiya olmaydi, ammo ularning farzandlari va boshqa oila a'zolariga pul beriladi.

Mablag‘lar kelasi haftada hisobingizga tushadi, deb va'da berdi mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakat fuqarolariga.

"Knesset mening tashabbusim bilan har bir fuqaroga dotatsiya berilishi to‘g‘risidagi dasturni tasdiqladi. Pullar har bir isroillikning hisobiga kelasi haftada tushadi.. Bu hayotingizni yengillashtiradigan va iqtisodiyot rivojlanishiga yordam beradigan yana bir qadamdir", - dedi u xalqqa telemurojaatida.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid