Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda qariyb 488 ming kishiga bir martalik yordam puli to‘lab beriladi
Tegishli tuzilmalar ro‘yxatni 1 avgustgacha tekshirishi va yordam puli oladiganlarning sonini aniqlashi kerak.
Tojikiston hukumati respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga COVID-19 ta'sirining oldini olish doirasida eng kam ish haqi (400 somoniy) miqdorida bir martalik yordam oladigan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar sonini e'lon qildi.
Hukumat tomonidan 11 iyul kuni qabul qilingan qaror ilovasida keltirilgan ma'lumotlarga ko‘ra, bunday fuqarolarning umumiy soni 488 ming kishini tashkil etadi.
Xususan, bular:
- ijtimoiy nafaqa oladigan fuqarolar - 70 ming kishi
- nogironlar - 149 ming 860 kishi
- yetimlar va boquvchisini yo‘qotgan bolalar - 82 ming kishi
- 16 yoshgacha bo‘lgan, OIV/OITS bilan kasallangan nogiron bolalar - 1000 kishi
- kam ta'minlangan fuqarolar - 184 ming 644 kishi
- qochoqlar - 300 kishi.
Ta'kidlanishicha, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlari ro‘yxati 2020 yil 1 iyun holatiga ko‘ra taqdim etilgan va shu sababli nafaqaxo‘rlar, nogironlar, yetimlar hamda boquvchisini yo‘qotgan bolalar soni o‘zgarishi kutilmoqda.
Qaror bilan tegishli tuzilmalar va organlarga joriy yilning 1 avgustiga qadar familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyini ko‘rsatgan holda, aholining himoyaga muhtoj qatlamlari ro‘yxatini tuzish hamda Moliya vazirligi va «Amonatbonk»ga topshirish vazifasi yuklandi.
Moliya vazirligiga bir martalik yordam pulini to‘lash uchun belgilangan tartibda mablag‘ ajratish vazifasi topshirildi, «Amonatbonk» esa bank to‘lov kartalari yordamida hisobraqamga kelib tushgan maqsadli mablag‘larning o‘z vaqtida to‘lanishini ta'minlashi lozim.
Mavzuga oid
20:05 / 16.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Tojikiston bosh vazirini qabul qildi
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
18:02 / 02.06.2026
Tojikistonda O‘zbekistondan keltirilgan havo shari quladi va odamlar jarohat oldi
18:31 / 29.05.2026