«Avval xabar berganimizdek, joriy yil 21–24 iyul kunlari energotizimdagi barqarorlikni ta'minlaş maqsadida respublikamiz iste'molçilariga örtaça 0,8–1,0 foiz miqdorda çeklovlar kiritilgan edi. Bunga asosan 2 ta omil ta'sir körsatgan edi.

Birinçidan, Özbekiston gidroelektrostansiyalarida rejaga nisbatan kunlik 6–7 mln. kVt•soat, ötgan yilning mos davriga nisbatan 10–12 mln. kVt•soat kam elektr energiyasi işlab çiqarilayotgandi. Ikkinçidan, mintaqada yuzaga kelgan suv tanqisligi oqibatida Tojikistondan import amaliyoti sutkalik örtaça 12,0 mln.kVt•soatdan 0,3 mln kVt•soatgaça kamaygandi. 

Yuzaga kelgan vaziyatdan kelib çiqib, örtaça hisobda 0,8–1,0 foiz miqdordagi energiya tanqisligini bartaraf etiş maqsadida közda tutilgan miqdordan 10–12 % köp tabiiy gaz yetkazib beriş hisobiga issiqlik elektr stansiyalarida rejaga nisbatan 8 mln. kVt•soat va ötgan yilning mos davriga nisbatan 25–30 mln. kVt•soat köp elektr energiyasi işlab çiqarildi. Joriy yilning 25–26 kunlari energetika tizimida iste'molni çeklaş holatlari kuzatilmadi. 27 iyul kuni soat 01:35 da 500 kVli Qoraköl–Serdar havo tarmoqlari orqali Turkmanistondan elektr energiyasi import hajmi 80 MVt, söngra 200 MVtga oşirildi. Ayni paytda Özbekistonda elektr energiyasi tanqisligi mavjud emas», deyiladi «Özbekiston MET» AJ axborot xizmati xabarida.

Qayd etilişiça, ayni paytda 500 kVli Qoraköl–Serdar hamda 110 kVli Daşovuz–Şovot havo tarmoqlari orqali Turkmanistondan Özbekistonga 400–430 MVt quvvat yetkazib berilmoqda. Bu Özbekistonda işlab çiqarilayotgan elektr energiyasi miqdoriga nisbatan 4.0 - 4.5 foizini taşkil etadi. Iste'molçilarga yetkazib berilayotgan elektr energiyasining asosiy qismi mamlakatimizda mavjud issiqlik elektr hamda gidroelektr stansiyalarida işlab çiqarilmoqda.

«Özbekiston MET» AJ axborot xizmatining xabar berişiça, Özbekistonda bir kunlik elektr energiyasi iste'moli örtaça 195,6 mln kVt•soatni taşkil etmoqda. Soliştiriş uçun 2020 yil 23 iyul holatiga elektr energiyasi işlab çiqariş uçun sarflangan tabiiy boyliklar miqdori: tabiiy gaz iste'moli 46,557 mln metr kub; kömir – 6280 tonna; suv: 8,1 mln. metr kub.