Özbekistonda elektr ta'minoti tizimiga 0,8-1,0 foiz miqdorida çeklovlar kiritilayotgani, bu jarayon issiqlik elektr stansiyalari iş hajmining oşirilişi evaziga bartaraf etilayotgani haqida rasmiy bayonot berilgandi.
Masalani ijobiy hal etiş maqsadida Turkmanistondan elektr energiyasi importi hajmini birmunça oşiriş yuzasidan muzokaralar olib borilayotgani, bu jarayon 28 iyul sanasidan boşlanişi rejalaştirilgani haqida ma'lum qilingan edi.
Bugun, 27 iyul kuni soat 01:35 vaqti bilan Turkmanistondan elektr energiyasi import hajmi oşirildi, deb xabar qilmoqda «Özbekiston MET» AJ axborot xizmati.
Hozirça 500 kV.li Qoraköl–Serdar havo tarmoqlari orqali Özbekistonga 80 MVt quvvat yetkazib berilmoqda. Kun davomida yetkazib beriladigan quvvat hajmi 200 MVt.gaça yetkazilişi rejalaştirilgan.
Ötgan haftaning şanba va yakşanba kunlari energetika tizimida iste'molni çeklaş holatlari kuzatilmadi. Turkmanistondan elektr energiyasi importining boşlanişi mamlakatimizda işlab çiqarilayotgan asosiy elektr energiyasiga qöşimça ravişda yangi haftaning iş kunlarida ham (odatda dam oliş kunlariga nisbatan iste'mol darajasi keskin oşişi kuzatiladi) iste'molçilarni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta'minlaş imkonini beradi, deyiladi ma'lumotda.








