– Anvar Valiyeviç, davlat rahbari maxsus komissiya va mutaxassislar taklifiga köra karantin çeklovlari muddatini uzaytiriş taklifini ma'qulladi. Şu çeklovlarni uzaytirmaslik tarafdori bölgan mutaxassislar ham bor edimi yoki taklif bir ovozdan kiritildimi?

– Karantin çeklovlarini uzaytirişga qarşi çiqqan faqat bir kişini bilaman xolos. Soğliqni saqlaş tizimi vakillarining barçasi şu taklifni berişdi. Çunki bir narsani tuşunib olişimiz şart – karantin koronavirusning ikki inkubatsion davriga barobar muddatda, ya'ni 14 kundan 28 kungaça yaxşi samara beradi. Bu zanjirni uzişga, tarqaliş keskin ösişini töxtatişga imkon yaratadi.

Aslida bu taklifni qabul qiliş, ya'ni karantin muddatini uzaytiriş prezident va hukumat uçun öta mas'uliyatli qaror edi. Hatto buni öziga xos qahramonlik deb ham ataş mumkin. Sababi, buyoqda xalqning kayfiyatini hisobga oliş kerak, iqtisodiy muammolar böy körsatib qoladi, umumiy taranglik paydo böladi. Lekin unutmaslik kerak, bugun agar kerakli çoralarni körmasak, kasallik geometrik progressiyada köpayib ketişi mumkin. Agar şunday tarqaliş yuz bersa, soğliqni saqlaş tizimiga tizimiga katta yuklama tuşib, koykalar, reanimatsiya örinlari yetişmasligi natijasida inqiroz holati yuzaga keladi.

Köp tanqid qilişlariga qaramay, bizda ölim körsatkiçlari dunyoning köplab mamlakatlariga nisbatan ança past.

– Uzaytirilayotgan karantin muddatlari közlangan natijani beryaptimi? Bu oraliqda kasallikni jilovlaş uçun qanday çora-tadbirlar amalga oşirilyapti?

– Albatta samara beryapti. Kasallik köpayyapti, ammo bir maromda. Biz bu karantin davrida köplab işlarni bitirib olyapmiz. Jumladan:

1. Tez tibbiy yordam maşinalari, brigadalar sonini oşirdik, çunki bu tizimga yuklama kamida ikki barobar ortdi.

2. Oilaviy poliklinikalar 24 soat işlaşini yölga qöyyapmiz. Koll-markazlar faoliyatini kengaytiryapmiz.

3. Uyda davolaş tizimi yölga qöyildi. Bemor ahvoli oğirlaşsa, mobil brigadalarda vraçlar guruhi zarur tavsiyalarni beradi.

4. Asosiy dori vositalari, şaxsiy himoya vositalarining 3 oylik zaxirasini şakllantirdik. Eng kerakli dori vositalari dorixonalarda bölişini ta'minlaş uçun dorixonalarga iqtisodiy yordam ham berilmoqda. Toki ular kerakli miqdorda aylanma mablağga ega bölsinlar.

5. Har bir tuman şahar viloyat kesimida qöşimça provizor şifoxonalari koykalar soni oşirildi.