Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bulung‘urda sanitarkalikka ishga olish uchun 600 dollar talab qilindi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toyloq tuman sudida Bulung‘ur tuman tibbiyot birlashmasiga kichik tibbiy xodimlikka (sanitarka) ishga kirmoqchi bo‘lgan amaliyotchidan 600 AQSh dollari olmoqchi bo‘lgan xodimning ishi ko‘rildi.
Laylo G‘ulomova (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) shifoxonada ishlashni maqsad qilib, Bulung‘ur tuman tibbiyot birlashmasida amaliyot o‘tay boshladi. Ozmi-ko‘pmi shifoxona hayotiga ko‘nikkach, faoliyatini davom ettirmoqchi bo‘ldi. Ammo ishga kirish shunchaki xohish bilan amalga oshavermas ekan. Shu sabab qarindoshi Dilafro‘z Majidovadan ishga joylashishda yordam so‘radi.
Buni qarangki, D.Majidova uchun ham jiyanini sanitarkalikka joylab qo‘yish oson kechmadi. Garchi hozirgi vaqtda kasalxonalarda xodim yetishmayotgan bo‘lsa-da. Bulung‘ur tuman tibbiyot birlashmasi kadrlar bo‘limi noziri vazifasida ishlab kelgan Shavkat Aliboyev «o‘zidan yuqoridagilarga uzatishim kerak», deb 600 AQSh dollari talab qildi.
D.Majidova o‘ziga nisbatan noqonuniy harakatlar sodir qilinayotganini anglab, DXX Samarqand viloyat boshqarmasiga murojaat qildi.
Shundan so‘ng DXX hamda Bosh prokuraturasi huzuridagi IJQK departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari ishtirokida tadbir o‘tkazildi. Natijada shifoxona kadrlar bo‘limi noziri Sh.Aliboyev o‘z «mijoz»laridan 600 AQSh dollarni olgan vaqtda qo‘lga olindi.
Sud jarayonida Sh.Aliboyev aybiga to‘liq iqror bo‘ldi. Ammo u aytganidek, sanitarkalikka ishga joylab qo‘yish evaziga talab qilingan mablag‘ni yuqoriga uzatish haqidagi asoslari o‘z isbotini topmadi. Sudda Bulung‘ur tuman tibbiyot birlashmasi rahbari bunday kelishuvdan mutlaqo xabari yo‘qligini ma'lum qildi.
Sudlanuvchi Sh.Aliboyev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi 1-qismi va 28, 211-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.
Mavzuga oid
17:53 / 27.02.2026
DXX Xalq banki xodimi ushlanganini aytdi. Bank buni rasman inkor etdi
08:22 / 25.02.2026
110 ming dollar talab qilgan bank xodimi tezkor tadbirda qo‘lga olindi
10:20 / 24.02.2026
Yunusobodda 2 gektar yerni 9 mln dollarga sotishga urinish fosh etildi
09:12 / 20.02.2026