O‘zbekiston | 09:47 / 30.07.2020
6791
2 daqiqa o‘qiladi

Yil davomida hukumat nomidan tashqi qarzni jalb etish bo‘yicha imzolanadigan shartnomalarning chegaralangan hajmi yana 1 mlrd dollarga oshiriladi

2020 yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 9 dekabrda qabul qilingan “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘RQ–589-sonli Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi.

16-moddaning (O‘zbekiston Respublikasi nomidan va O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida olinadigan tashqi qarzning cheklangan hajmlarini belgilash) “4 mlrd. AQSh dollari” degan so‘zlar “5 mlrd. AQSh dollari” degan so‘zlar bilan almashtiriladi.

Ya'ni, 2020 yil davomida O‘zbekiston Respublikasi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati) nomidan yoki O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida tashqi qarzni jalb etish bo‘yicha imzolanadigan yangi shartnomalarning chegaralangan hajmi 5 mlrd. AQSh dollari miqdorida belgilanishi kutilyapti.

3-ilovaning (2020 yil uchun davlat maqsadli jamg‘armalari va O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining daromadlari prognozi hamda ularning xarajatlari) II bo‘limi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining daromadlari prognoziga hamda ularning xarajatlariga ushbu Qonun talablaridan kelib chiqqan holda o‘zgartishlar kiritadi;

ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta'minlaydi;

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtiradi;

davlat boshqaruvi organlarining ushbu Qonunga zid bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta'minlaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid